Yangiliklar

Зарафшон шаҳар 2-умумтаълим мактабида “Беруний ҳафталиги” доирасида ўтказилган тадбирлар тўғрисида

Мактабда 2021 йил 25-30-январ кунлари “Беруний ҳафталиги” деб эълон қилинди. Ҳафталик доирасида қуйидаги ишлар амалга оширилди.

2021 йил 26 январ куни 4-Г синф ўқувчилари иштирокида тадбир ўтказилди. Тадбирда 35 нафар ўқувчи иштирок этди.

27-январ куни 6-В, 6-А синфларида “Беруний ҳафалиги”да очиқ дарслар ўтказилди.67 нафар ўқувчилар иштирок этди.

 28-январ куни 1-Б синф ўқувчилари билан мактаб кутубхонасида “Беруний издошлари” мавзусида тадбир ўтказилди. Тадбирга 37 нафар ўқувчи жалб этилди.
29-январ куни 2 навбатдаги 1-11-синфларда “Берунийни ўрганамиз” мавзусида тарбиявий соатлар ўтказилди. 2040 нафар ўқувчилар қамраб олинди. Ўқувчилар буюк бобокалонимиз ва унинг буюк ишлари тўғрисида маълумотларга эга бўлди

 29 январ куни 8-9-синф ўқувчилари билан Беруний ҳаёти ва ижодига бағишлаб “Заковат” интелектуал ўйини ўтказилди. 96 нафар ўқувчи иштирок этди,

 2021-йил 29-январ куни 5-6-синф ўқувчилари иштирокида “Беруний издошлари” мавзусида беллашув ташкил этилди.

 2021-йил 29-январ куни “Беруний босиб ўтган йўл” мавзусида “Маънавият соати” ташкил этилди. Маънавият соатига 165 нафар педагог иштирок этди.

 

ММИБДЎ     З.Омонова

 

Yanvar - “Tabiiy fanlar” oyligi

      Yanvar -  “Tabiiy fanlar” oyligi doirasida 2-umumta`lim maktabida bugun smenar tashkil etildi. Seminarda fizika fani o`qituvchisi Jalilov Muhiddin tomonidan 10-“A” sinfida  “Suyuqlik va gazlar” mavzusida , kimyo fani o`qituvchisi Mavlonova Lobar tomonidan 8-“G” sinfida “Xlorid kislota” mavzusida , biologiya fani o`qituvchisi Azamatova Bahora tomonidan  8-“Ye” sinfida “Vitaminlar mavzusida ” ochiq darslar tashkil etildi. Ochiq darslarda interfaol usullardan va AKT laridan  keng foydalanildi. O`quvchilarning tabiiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Tirik burchak” o`quvchilar tomonidan kata qiziqish bilan kutib olindi. Fan oyligi doirasida tashkil etilgan tanlov g`oliblari taqdirlandi. 5- sinflar o`rtasida o`tkazilgan “Eng yaxshi boshqotirma” tanlovida 5- “B” sinf o`quvchisi  Asqarov Naimjon o`zining tayyorlagan boshqotirmasi bilan shaharda 2-o`rinni, 6-sinflar o`rtasida o`tkazilgan “ Yovvoyi dorivor o`simliklar” rasmlar tanlovida 6 –“A” sinf o`quvchisi Boliqulova Rayhona shaharda 1- o`rinni egalladi.  Seminarda Zarafshon shahar XTB ning metodisti O.Xolmurodova va shahardagi maktablarning kimyo, biologiya, fizika fanlari o`qituvchilari ishtirok etishdi.
                                                                                                       Uslubbirlashma rahbari:    Yodgorova M.

 

Yoģdulari sònmagan yulduzlar

 

Hozirgi kunda kitob mutolaasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Shahar kutubxona xodimlari òrtasida tashkil etilgan kitob taqdimotida maktabimiz kitobxonlari Toģay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asari asosida "Yoģdulari sònmagan yulduzlar" deb nomlangan kitob taqdimoti tashkil etishdi. Taqdimotda òquvchilar ushbu kitob haqida òz fikrlarini bildirdilar
   Toģay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asarini bilan tanishganimizda, unda milliy iftixor tuyģusi ufurib turganligini his etamiz. Yozuvchi tanlagan qahramonlar sodda, chapani òzbek qiyofasini eslatadi. Shu bois asarni hech qiynalmay tushunamiz, kòngil yaqinligini sezamiz. Asarda uluģlangan soddalik, samimiylik, tògrilik, ochiqkòngillilik xislatlari kitobxonning berk kòzlarini ochadi. Zero, asarda Bòri polvon tomonidan ta'kidlangan ushbu fikrlar har bir òzbek farzandi uchun shior bòlib qolmoģi lozim: "Xalq nimasi bjlan xalq? Òzining urf- odatlari bilan xalq!"
   Azaliy urf- odatlarimizdan biri bòlgan milliy kurash va kurashchilar hayoti tasvirlangan ushbu kitobni òqishni barcha kitobxonlarga tavsiya etamiz.
   Kòproq kitob òqing. Balki bundan boshingiz osmonga tegmas, lekin kòp òtmay fikringiz aniq yerdan uziladi

Hozirgi kunda kitob mutolaasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Shahar kutubxona xodimlari òrtasida tashkil etilgan kitob taqdimotida maktabimiz kitobxonlari Toģay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asari asosida "Yoģdulari sònmagan yulduzlar" deb nomlangan kitob taqdimoti tashkil etishdi. Taqdimotda òquvchilar ushbu kitob haqida òz fikrlarini bildirdilar

   Toģay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asarini bilan tanishganimizda, unda milliy iftixor tuyģusi ufurib turganligini his etamiz. Yozuvchi tanlagan qahramonlar sodda, chapani òzbek qiyofasini eslatadi. Shu bois asarni hech qiynalmay tushunamiz, kòngil yaqinligini sezamiz. Asarda uluģlangan soddalik, samimiylik, tògrilik, ochiqkòngillilik xislatlari kitobxonning berk kòzlarini ochadi. Zero, asarda Bòri polvon tomonidan ta'kidlangan ushbu fikrlar har bir òzbek farzandi uchun shior bòlib qolmoģi lozim: "Xalq nimasi bjlan xalq? Òzining urf- odatlari bilan xalq!"

   Azaliy urf-odatlarimizdan biri bòlgan milliy kurash va kurashchilar hayoti tasvirlangan ushbu kitobni òqishni barcha kitobxonlarga tavsiya etamiz.

   Kòproq kitob òqing. Balki bundan boshingiz osmonga tegmas, lekin kòp òtmay fikringiz aniq yerdan uziladi.

                                                                                     Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi      Fayzullayeva G.

 

14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"

   14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabining 6-sinf o'quvchilari 5 ta shart bo'yicha bellashishdi. 1-shart o'zlarini tanishtirish bo'lib har bir sinf o'quvchisi puxta tayyorgarlik bilan tanishtirishdi. 2-sharti yigitlarimiznig har bir sohada faolligini tekshirish maqsadida oshpazlik qobiliyatlarini tekshirib ko'rdik. Bu shartda 6-"A" va 6-"G" sinf o'quvchi yegitlari g'olib bo'lishdi.3-shartimiz esa "Onamga maktub" deb nomlanib bunda musobaqa ishtirokchilari onalariga maktub yo'llashdi. 4- shartimiz sportga oid bo'lib o'quvchilar arqon tortib kuchlarini sinashdi so'nggi shartda esa har bir sinf o'quvchilari sahna ko'rinishlari bilan davrani qizg'in olib borishdi. Musobaqa so'ngida to'plagan ballari hakamlar tomonidan hisoblanib 6-"A" sinf- "Eng bilimdon", 6-"D"sinf "Eng ilg'or", 6-"G" sinf "Eng faol", 6-"V" sinf esa "Eng olg'ir" nominatsiyalari bilan taqdirlandilar. Tadbirdan maqsad o'quvchilar qalbida vatanga bo'lgan mehrini o'stirish, yurtni ezozlashdir. Tadbirni Axunova Shoira, Olimova Karomat, Ergashova Nigora, Islomova Ma'muralar tashkillashtirishdi.
                                                                                          ingliz tili fani o`qituvchisi:  Olimova Karomat

 

Vatan himoyachilari

 

Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabi 4-"V"sinfiga  14 -yanvar Vatan- himoyachilari kuni munosabati bilan 99550 harbiy qismdan kapitan Sulaymonov boshchiligida harbiy  qismdan mehmonlar tashrif buyurishdi. 
O'quvchilar mehmonlarni tabriklab , ularga atab she'rlar aytishdi.Harbiy qismga oid o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. 
Serjant Sharipov Husniddin,kichik serjant Davronov va  Shukurov harbiy qismga oid o'quvchilarga ma'lumot berishdi.

    Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabi 4-"V"sinfiga  14 -yanvar Vatan- himoyachilari kuni munosabati bilan 99550 harbiy qismdan kapitan Sulaymonov boshchiligida harbiy  qismdan mehmonlar tashrif buyurishdi. 

O'quvchilar mehmonlarni tabriklab, ularga atab she'rlar aytishdi. Harbiy qismga oid o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. 

Serjant Sharipov Husniddin, kichik serjant Davronov va  Shukurov harbiy qismga oid o'quvchilarga ma'lumot berishdi.
                                                                                          Boshlang`ich sinf o`qituvchisi:      Sattorova S.