Yangiliklar >> 21-oktabr – o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

Barchamizga ma’lumki, 1989-yil 21-oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bu o’zbek tili bayramini o’tkazish uchun barcha ta’lim muassasalarida, turli idora va tashkilotlarda katta tayyorgarlik ko’rildi.Shu munosabat bilan 2-umumta’lim maktabida ham “Til-millatning ko’zgusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 8-9-sinflar iqtidorli o’quvchilari tomonidan hikmatli so’zlar, she’rlar, maqollar va bir-biridan qiziq bo’lgan sahna ko’rinishlar ijro etildi. Ushbu sahna ko’rinishlari orqali namoyon bo’lgan Zebuniso, Alisher Navoiy, Muqimiy, Binoiy , Husayn Boyqaro kabi buyuk shaxslarimiz siymosi gavdalantirildi. Ayniqsa, Zulfiyaxonim va Hamid Olimjonning chiqishlari barchaning e’tiborini tortdi. Zero, Birinchi Prezidentimizning “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” kitobida ona tilimiz haqida g’oyatda sermazmun fikrlar bildirilgan. “Ma’lumki , o’zlikni anglash, milliy ong tafakkurning ifodasi ajdodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo , ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir.”

      Shu o’rinda maktablarda tatbiq etilgan “Ustoz shogird” an’anasiga binoan ustoz o’qituvchi G.Hamrayeva va uning shogirdi A.Jarkenovlar tomonidan ushbu tadbirda o’quvchilar qatorida turib sahna ko’rinishlarini ijro etishdi.

         

                                                      Zarafshon shahar

                                                     2-umumtalim maktabi

                                                       ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

                                                      D. S Musanova