Yangiliklar
Zarafshon shahar 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida ta'lim olayotgan 1-11 sinf o'quvchilarining ota-onalariga joriy yilning 12 dekabr kuni o'quvchi yoshlar o'rtasida turlixil salbiy holatlarini oldini olish maqsadida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun " aksiyasi doirasida "Zo'ravonlikka yo'l qo'ymaymiz " hamda " Voyaga yetmagan o'quvchi yoshlar o'rtasida tanglik holatlarini oldini olish " mavzusida yig'ilish o'tkazildi.Yig'ilishda shahar imomxatibi, shahar IIB, shahar tibbiyot birlashmasi psixiator- narkolog shifokori, maktabning MMIBDO'lari hamda psixologlari ishtirok etishdi.
Yig'ilish davomida ota-onalarga zo'ravonlik hamda uning salbiy oqibatlari, voyaga yetmagan o'quvchi yoshlar o'rtasida tanglik holatlarini oldini olish bo'yicha barcha kerakli ma'lumotlar va tavsiyalar berildi.Maktab psixologlari tomonidan yig'ilishda ishtirok etgan ota-onalardan so'rovnomalar olindi.Shuningdek Respublika tashxis markazi tomonidan ota- onalar uchun tayyorlangan brashuralar tarqatildi.
Zarafshon shahar 2-umumiy o`rta ta'lim maktabida ta'lim olayotgan 1-11 sinf o`quvchilarining ota-onalariga o'quvchi yoshlar o'rtasida turli xil salbiy holatlarini oldini olish maqsadida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi doirasida "Zo`ravonlikka yo'l qo`ymaymiz" hamda "Voyaga yetmagan o'quvchi yoshlar o'rtasida tanglik holatlarini oldini olish" mavzusida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda shahar imomxatibi, shahar IIB, shahar tibbiyot birlashmasi psixiatr-narkolog shifokori, maktabning MMIBDO' lari hamda psixologlari ishtirok etishdi.
Yig'ilish davomida ota-onalarga zo'ravonlik hamda uning salbiy oqibatlari, voyaga yetmagan o'quvchi yoshlar o'rtasida tanglik holatlarini oldini olish bo'yicha barcha kerakli ma'lumotlar va tavsiyalar berildi. Maktab psixologlari tomonidan yig'ilishda ishtirok etgan ota-onalardan so'rovnomalar olindi. Shuningdek, Respublika tashxis markazi tomonidan ota-onalar uchun tayyorlangan brashuralar tarqatildi.
Maktab psixologi Xushvaqova R.
Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 2020 yil 10 dekabr kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan maktabning MMIBDO’lari Z.A.Omonova, Sh.E.Turabayeva tomonidan o’quvchilar davomati ularning tartib-intizomi va pirotexnika vositalaridan foydalanishning zararli oqibatlari mavzusida o’quvchi yigitlar bilan suhbat tashkil etildi.
Shuningdek, 8-“G” sinf o’quvchisi Toshpo’latov Nurbekning maktabda mobil telefondan noto’g’ri foydalanganligi tufayli onasi G.Salimova ishtirokida suhbat o’tkazildi.
9-“A” sinf o’quvchilari Abdullayev Hojakbar, Jabborov Zuhriddilar bilan suhbat o’tkazildi.
2020 yil 10 dekabr kuni jinoyat ishlari bo’yicha Zarafshon shahar sudining raisi D.Xonbo’tayeva hamda jinoyat ishlari bo’yicha Tomdi tumani sudining raisi D.A.Ergashovalar bilan maktabning 9-10-sinf o’quvchilari ishtirokida huquqiy madaniyatni oshirish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi. Suhbat jarayonida o’quvchilarga ularning huquqlari, shu bilan birga burchlari ham uqtirildi. Jinoyat va uning oqibatlari to’g’risida fikrlar bildirildi. Suhbatga 35 nafar o’quvchi jalb etildi.
MMIBDO’ : Turabayeva Sh.E.
Qayerdaki kitob bor ekan odam u yerda òzi bilan òzi qolib ketmaydi. U òtmish va bugungi kunning olamshumul yutuqlariga, butun insoniyatning fikr va tuyģulariga oshno bòladi degan edi mashhur kishilardan biri. Kitobni òziga hamroh bilgan 5-"B" sinf òquvchilari va kutubxona xodimlari hamkorligida bugun kutubxonada bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi Tòxtaboyevning " Mungli kòzlar" asari asosida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida òquvchilar kitobning mazmuni haqida bir- birlari bilan òrtoqlashdilar.
Ota- onaga farzandining baxtidan bòlak ne'mat kerak emas. Xuddi shuningdek farzand ham eng baxtiyor damlaridaota- ona yoniga bòlgisi, baxtini ular bilan baham kòrgisi keladi. Ota- ona diydori, ota- ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar.
Sevimli yozuvchimizning siz aziz kitobsevar dòstlarimiz uchun tavsiya etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga uzoq vaqt bòlishiga qaramay u badiiy qimmatini hamon yòqotmagan, aksincha har bir kitobxon ushbu asarni har gal qòliga òzgacha mehr va iztirob bilan oladi.
3- dekabr nogironlarni himoya qilish kuni. Barchaga òqishni tavsiya qilganimiz ushbu asar qahramoni Akbar ham yoshligida poliemilet kasalligiga chalinib yurolmay qoladi. U ota- onasini tòģri yòlga solishga juda kòp harakat qiladi. Ota- onasi qamalganida vijdon azobida qiynalgan Akbar uyiga qòshib òzini ham yoqib yuboradi. Mol- dunyoga bòlgan muhabbat butun bir oilaning parchalanib ketishiga sabab bòladi
Mol- dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir- oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bòlgan ota- ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki òzining yangi òquvchilarini kashf etadi
Qayerdaki kitob bor ekan odam u yerda òzi bilan òzi qolib ketmaydi. U òtmish va bugungi kunning olamshumul yutuqlariga, butun insoniyatning fikr va tuyģulariga oshno bòladi degan edi mashhur kishilardan biri. Kitobni òziga hamroh bilgan 5-"B" sinf òquvchilari va kutubxona xodimlari hamkorligida bugun kutubxonada bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi Tòxtaboyevning " Mungli kòzlar" asari asosida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida òquvchilar kitobning mazmuni haqida bir- birlari bilan òrtoqlashdilar.
Ota- onaga farzandining baxtidan bòlak ne'mat kerak emas. Xuddi shuningdek farzand ham eng baxtiyor damlaridaota- ona yoniga bòlgisi, baxtini ular bilan baham kòrgisi keladi. Ota- ona diydori, ota- ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar.
Sevimli yozuvchimizning siz aziz kitobsevar dòstlarimiz uchun tavsiya etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga uzoq vaqt bòlishiga qaramay u badiiy qimmatini hamon yòqotmagan, aksincha har bir kitobxon ushbu asarni har gal qòliga òzgacha mehr va iztirob bilan oladi.
3- dekabr nogironlarni himoya qilish kuni. Barchaga òqishni tavsiya qilganimiz ushbu asar qahramoni Akbar ham yoshligida poliemilet kasalligiga chalinib yurolmay qoladi. U ota- onasini tòģri yòlga solishga juda kòp harakat qiladi. Ota- onasi qamalganida vijdon azobida qiynalgan Akbar uyiga qòshib òzini ham yoqib yuboradi. Mol- dunyoga bòlgan muhabbat butun bir oilaning parchalanib ketishiga sabab bòladi
Mol- dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir- oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bòlgan ota- ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki òzining yangi òquvchilarini kashf etadi.
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Fayzullayeva G.
Зарафшон шаҳар 2-умумтаълим мактабида 30–ноябр куни фан ўқитувчилари ўртасида рус тили фанидан “Любите русский язык” танлови ўтказилди. Ушбу танловда мактабимизнинг бошқа фан ўқитувчилари иштирок этди. Ўқитувчилар мақолнинг давомини топинг, сўздан сўз ясанг, тез айтиш, сўзни топ, тезкор савол-жавоб шартларида, ўз билимларини синаб кўрдилар. Тадбирда фан ўқитувчиларидан Ўралова Рўзибуви, Абдурасулова Нилуфар, Хўжаев Ахмад, Тўрабоева Шахноза, Нарзуллаева Сарвиноз, Юлдашева Муштарийлар фаол иштирок этди.
Рус тили ва адабиёти услуббирлашма раҳбари: Болтаева Д.В.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazining 2009-yil 1-maydagi 18-Q/Q, Xalq ta’lim vazirligining 2009 yil 1-maydagi 20-sonli, Davlat test markazining 13-Q/Q- sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi Nizom” ijrosini ta’minlash va iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2020-yil 16 oktabrdagi 02-02/1-372-sonli va shahar xalq ta’limi bo‘limining 2020-yil 17-oktabrdagi 224-sonli buyrug‘I ijrosini ta’minlash maqsadida maktabning 2020-yil 19 oktabrdagi 85-sonli buyrug‘I va chora –tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Rejaga asosan 20-oktabrdan 24-oktab oralig‘ida 9-10-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida jami 13 ta fandan fan olimpiadasining 1-maktab bosqichi o‘tkazildi. Olimpiada natijalari natijalari quyidagicha yakunlandi.
9-sinflardan Tarix fanidan 16 nafar, Davlat va huquq asoslari fanidan 15 nafar, fizika fanidan 7 nafar, informatika fanidan 8 nafar, ingliz tili fanidan 9 nafar, geografiya fanidan 14 nafar, ona tili va adabiyot fanidan11 nafar, iqtisodiy bilim asoslari fanidan 16 nafar, kimyo fanidan 10 nafar, matematika fanidan 11 nafar, chizmachilik fanidan 8 nafar, rus tili fanidan 12 nafar, biologiya 10 nafar jami 147 nafar o‘uvchi ishtirok etdi. 76-100 ball oralig‘ida 22 nafar shundan fizika fanidan 3 nafar, ingliz tili, tarix, matematika , biologiya, chizmachilik, huquq, informatika fanlraridan 2-nafardan, ona tili va adabiyot, rus tili, iqtisod, geografiya, kimyo fanlaridan 1 nafar o‘quvchilar ball to‘plashdi.
10- sinflardan Tarix fanidan 11 nafar, fizika fanidan 5 nafar, informatika fanidan 9 nafar, ingliz tili fanidan 8 nafar, ona tili va adabiyot fanidan11 nafar, kimyo fanidan 7 nafar, matematika fanidan 9 nafar, rus tili fanidan 8 nafar, biologiya fanidan 10 nafar jami 78 nafar o‘quvchi ishtirok etdi 76-100 ball oralig‘ida 15 nafar shundan tarix, matematika fanidan 3 nafar, biologiya, fizika fanlraridan 2-nafardan, ona tili va adabiyot, rus tili, ingliz tili informatika kimyo fanlaridan 1 nafar o‘quvchilar ball to‘plashdi,
11- sinflardan Tarix fanidan 10 nafar, fizika fanidan 5 nafar, informatika fanidan 9 nafar, ingliz tili fanidan 12 nafar, ona tili va adabiyot fanidan 8 nafar, kimyo fanidan 7 nafar, matematika fanidan 12 nafar, rus tili fanidan 8 nafar, biologiya fanidan 10 nafar jami 81 nafar o‘quvchi ishtirok etdi 76-100 ball oralig‘ida 16 nafar shundan tarix fanidan 3 nafar, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot, ingliz tili, matematika, biologiya fanlraridan 2-nafardan, rus tili informatika kimyo fanlaridan 1 nafar o‘quvchilar ball to‘plashdi.
Fan olimpiadaning shahar bosqichi natijasiga ko`ra 31 nafar o`quvchi 1 o`rinni, 18 nafar o‘quvchi 2 o‘rinni, 4 nafar o‘quvchi 3 o‘rinni jami 53 nafar o‘quvchi sovrinli o‘rinlarni egallab, ushbu o‘quvchilar 2-shahar bosqichiga yo‘llanma oldi. II shahr bosqichi 9-10 noyabr kunlari o‘tkazilib bunda 50 nafar o‘quvchi qatnashib, 3 nafar o‘quvchi karantinda bo‘lganligi sabali qatnasha olmadi. Shahar bosqichida ishtirok etgan o‘quvchilardan 22 nafari sovrinli o‘rinlarni qo‘ lga kiritdi. Shundan 7 nafar o‘quvchi 1-o‘rin, 5 nafari 2-o‘rin va 10 nafar o‘quvchi 3-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi. Fan olimpiadasining shahar bosqichida sovrinli o`rinlarni egallagan o`quvchilar 2020 yil 27 noyabr kuni SHXTB va shahar hokimligi tomonidan diplom va estalik sovg`alar bilan taqdirlandi,
O‘TIBDO‘ : Sh.Omonova