Yangiliklar

Зарафшон шаҳар 2-умумтаълим мактабида 2020-йил 18-декабр куни “Ҳарбий Ватанпарварлик” ойлиги доирасида 99550-сонли ҳарбий қисм ҳарбий хизматчилари билан ўтказилган тадбир

            Мактабда 2020 йил 18 декабр куни “Ҳарбий Ватанпарварлик” ойлиги доирасида  99550-сонли ҳарбий қисм ҳарбий хизматчилари билан “Ким Ватанга содиқ бўлса –мендирман ўша!” шиори остида тадбир ташкил этилди. Тадбирга  подполковник С.Хушбаков, капитан Ж.Саъдуллаев, сержант Б.Холиқов, ШАХХ  М.Юсупов, ШАХХ  Х.Бердимуродовлар иштирок этди. 8-9-10-синф ўқувчиларидан 180 нафари иштирок этди.

ЧҚБТ раҳбари:                             Ш.Саноев

 

"Zo'ravonlikka qarshi 16 kun "

 

Zarafshon shahar 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida ta'lim olayotgan 1-11 sinf o'quvchilarining ota-onalariga joriy yilning 12 dekabr kuni o'quvchi yoshlar o'rtasida turlixil salbiy holatlarini oldini olish maqsadida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun " aksiyasi doirasida "Zo'ravonlikka yo'l  qo'ymaymiz " hamda " Voyaga yetmagan o'quvchi yoshlar o'rtasida tanglik holatlarini oldini olish " mavzusida yig'ilish o'tkazildi.Yig'ilishda shahar imomxatibi, shahar IIB, shahar  tibbiyot birlashmasi psixiator- narkolog shifokori, maktabning MMIBDO'lari hamda psixologlari ishtirok etishdi. 
       Yig'ilish davomida ota-onalarga zo'ravonlik hamda uning salbiy oqibatlari, voyaga yetmagan o'quvchi yoshlar o'rtasida tanglik holatlarini oldini olish bo'yicha barcha kerakli ma'lumotlar va tavsiyalar berildi.Maktab psixologlari tomonidan yig'ilishda ishtirok etgan ota-onalardan so'rovnomalar olindi.Shuningdek Respublika  tashxis markazi tomonidan ota- onalar uchun tayyorlangan  brashuralar tarqatildi.
   Zarafshon shahar 2-umumiy o`rta ta'lim maktabida ta'lim olayotgan 1-11 sinf o`quvchilarining ota-onalariga  o'quvchi yoshlar o'rtasida turli xil salbiy holatlarini oldini olish maqsadida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun"  aksiyasi doirasida "Zo`ravonlikka yo'l  qo`ymaymiz"  hamda "Voyaga yetmagan o'quvchi yoshlar o'rtasida tanglik holatlarini oldini olish" mavzusida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda shahar imomxatibi, shahar IIB, shahar  tibbiyot birlashmasi psixiatr-narkolog shifokori, maktabning MMIBDO' lari hamda psixologlari ishtirok etishdi.
   Yig'ilish davomida ota-onalarga zo'ravonlik hamda uning salbiy oqibatlari, voyaga yetmagan o'quvchi yoshlar o'rtasida tanglik holatlarini oldini olish bo'yicha barcha kerakli ma'lumotlar va tavsiyalar berildi. Maktab psixologlari tomonidan yig'ilishda ishtirok etgan ota-onalardan so'rovnomalar olindi. Shuningdek,  Respublika  tashxis markazi tomonidan ota-onalar uchun tayyorlangan  brashuralar tarqatildi.
                                                                                                         Maktab psixologi        Xushvaqova R.                                                              

 

 

Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 2020 yil 10 dekabr kuni o’tkazilgan “Profilaktika kuni” yuzasidan ma’lumot

         Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 2020 yil 10 dekabr  kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan maktabning MMIBDO’lari Z.A.Omonova, Sh.E.Turabayeva tomonidan o’quvchilar davomati ularning tartib-intizomi va pirotexnika vositalaridan foydalanishning  zararli  oqibatlari mavzusida o’quvchi yigitlar bilan suhbat tashkil etildi.  
 Shuningdek, 8-“G” sinf o’quvchisi Toshpo’latov Nurbekning maktabda mobil telefondan noto’g’ri foydalanganligi tufayli onasi G.Salimova ishtirokida suhbat o’tkazildi.

9-“A” sinf o’quvchilari Abdullayev Hojakbar, Jabborov Zuhriddilar bilan suhbat o’tkazildi.

2020 yil 10 dekabr kuni  jinoyat ishlari bo’yicha Zarafshon shahar sudining raisi D.Xonbo’tayeva hamda  jinoyat ishlari bo’yicha Tomdi tumani sudining raisi D.A.Ergashovalar bilan maktabning  9-10-sinf o’quvchilari ishtirokida  huquqiy madaniyatni oshirish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi. Suhbat jarayonida o’quvchilarga ularning huquqlari, shu bilan birga burchlari ham uqtirildi. Jinoyat va uning oqibatlari to’g’risida  fikrlar bildirildi. Suhbatga 35 nafar o’quvchi jalb etildi.
                                                                                                                MMIBDO’ :     Turabayeva Sh.E.

 

Bolalar yozuvchisi Xudoyberdi Tòxtaboyevning " Mungli kòzlar" asari asosida davra suhbati

 

Qayerdaki kitob bor ekan odam u yerda òzi bilan òzi qolib ketmaydi. U òtmish va bugungi kunning olamshumul yutuqlariga, butun insoniyatning fikr va tuyģulariga oshno bòladi degan edi mashhur kishilardan biri. Kitobni òziga hamroh bilgan 5-"B" sinf òquvchilari va kutubxona xodimlari hamkorligida bugun kutubxonada bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi Tòxtaboyevning " Mungli kòzlar" asari asosida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida òquvchilar kitobning mazmuni haqida bir- birlari bilan òrtoqlashdilar. 
     Ota- onaga farzandining baxtidan bòlak ne'mat kerak emas. Xuddi shuningdek farzand ham eng baxtiyor damlaridaota- ona yoniga bòlgisi, baxtini ular bilan baham kòrgisi keladi. Ota- ona diydori, ota- ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar.
Sevimli yozuvchimizning siz aziz kitobsevar dòstlarimiz uchun tavsiya etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga uzoq vaqt bòlishiga qaramay u badiiy qimmatini hamon yòqotmagan, aksincha har bir kitobxon ushbu asarni har gal qòliga òzgacha mehr va iztirob bilan oladi. 
     3- dekabr nogironlarni himoya qilish kuni. Barchaga òqishni tavsiya qilganimiz ushbu asar qahramoni Akbar ham  yoshligida poliemilet kasalligiga chalinib yurolmay qoladi. U ota- onasini tòģri yòlga solishga juda kòp harakat qiladi. Ota- onasi qamalganida vijdon azobida qiynalgan Akbar uyiga qòshib òzini ham yoqib yuboradi. Mol- dunyoga bòlgan muhabbat butun bir oilaning parchalanib ketishiga sabab bòladi
    Mol- dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir- oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bòlgan ota- ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki òzining yangi òquvchilarini kashf etadi
    Qayerdaki kitob bor ekan odam u yerda òzi bilan òzi qolib ketmaydi. U òtmish va bugungi kunning olamshumul yutuqlariga, butun insoniyatning fikr va tuyģulariga oshno bòladi degan edi mashhur kishilardan biri. Kitobni òziga hamroh bilgan 5-"B" sinf òquvchilari va kutubxona xodimlari hamkorligida bugun kutubxonada bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi Tòxtaboyevning " Mungli kòzlar" asari asosida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida òquvchilar kitobning mazmuni haqida bir- birlari bilan òrtoqlashdilar. 
     Ota- onaga farzandining baxtidan bòlak ne'mat kerak emas. Xuddi shuningdek farzand ham eng baxtiyor damlaridaota- ona yoniga bòlgisi, baxtini ular bilan baham kòrgisi keladi. Ota- ona diydori, ota- ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar.
Sevimli yozuvchimizning siz aziz kitobsevar dòstlarimiz uchun tavsiya etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga uzoq vaqt bòlishiga qaramay u badiiy qimmatini hamon yòqotmagan, aksincha har bir kitobxon ushbu asarni har gal qòliga òzgacha mehr va iztirob bilan oladi. 
     3- dekabr nogironlarni himoya qilish kuni. Barchaga òqishni tavsiya qilganimiz ushbu asar qahramoni Akbar ham  yoshligida poliemilet kasalligiga chalinib yurolmay qoladi. U ota- onasini tòģri yòlga solishga juda kòp harakat qiladi. Ota- onasi qamalganida vijdon azobida qiynalgan Akbar uyiga qòshib òzini ham yoqib yuboradi. Mol- dunyoga bòlgan muhabbat butun bir oilaning parchalanib ketishiga sabab bòladi
    Mol- dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir- oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bòlgan ota- ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki òzining yangi òquvchilarini kashf etadi.
                                                                               Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Fayzullayeva G.

 

 

Любите русский язык

    Зарафшон шаҳар 2-умумтаълим мактабида 30–ноябр куни фан ўқитувчилари ўртасида рус тили фанидан “Любите русский язык”  танлови ўтказилди. Ушбу танловда мактабимизнинг бошқа фан ўқитувчилари иштирок этди. Ўқитувчилар мақолнинг давомини топинг, сўздан сўз ясанг, тез айтиш, сўзни топ, тезкор савол-жавоб шартларида, ўз билимларини синаб кўрдилар. Тадбирда фан ўқитувчиларидан Ўралова Рўзибуви, Абдурасулова Нилуфар, Хўжаев Ахмад, Тўрабоева Шахноза, Нарзуллаева Сарвиноз, Юлдашева Муштарийлар фаол иштирок этди.
                                        Рус тили ва адабиёти услуббирлашма раҳбари:  Болтаева Д.В.