Yangiliklar >> 8-“B” sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tavalludining 80-yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan davra suhbatidan lavhalar

      Mustaqil O`zbekiston davlati asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o`zbek xalqining atoqli farzandi, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov jonajon Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan mamlakatimizni qayta tikladi. Islom Karimov serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyoti yo`lida fidoiylik ko`rsatib, tarixda o`chmas iz qoldirdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovni xotirasini abadiylashtirish to`g`risida”gi qarori asosida 2-umumiy o`rta ta`lim maktabi 8-“B” sinf o`quvchilari bilan Birinchi Prezidentimizni mustaqil O`zbekistonimizning yuksalishidagi qo`shgan buyuk hissasi, qilgan ishlari va yozgan asarlari mazmun mohiyatini o`rganish yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida o`quvchi yoshlar Birinchi Prezidentimizning amalga oshirgan buyuk ishlari, o`lmas xotirasi va haqli ravishda O`zbekiston davlatining asoschisi ekanligi haqida ma`lumotlarga ega bo`ldilar. Yana bir Islom Karimovning porloq xotirasini yodga oldilar.
    

   

O`qituvchi:  Jurakulova N.N.