Yangiliklar >> Adabiyot kunlari

  24-fevral kuni maktab kutubxonasida "Adabiyot kunlari"da 6-7-8 sinf o`quvchilari bilan Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur rasmlarini chizish bo`iycha rasmlar tanlovi o`tkazildi. Tanlovda Alisher Navoiy va Muxammad Bobur rasmlari tasvirlangan jurnal, kitoblar va bukletlar ko`rgazmaga qo`yildi. Tanlovda 8-"V" sinf o`quvchisi Quvvatova Asalxon va 6-"B" sinf o`quvchisi Po`latov Nurbek 1-o`rinni, 6- "A", "V" sinf o`quvchilari Tursunmatov Ozodbek, Xolikov Azizjon 2- o`rinni, 6-"g" sinf o`quvchisi Ikromova Nargiza va Xasanov Otabek 3-o`rinni egalladi. Tanlovda ishtirok etgan barcha o`quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
                     

Maktab kutubxona mudiri: A.T. Karbayeva.