Yangiliklar >> Aziz ustoz, sizga ta’zim.

     Yurtimizda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan keng qamrovli sa’y-harakatlar avj olgan paytda o’z kasbining ustalari, izlanishdan charchamaydigan tajribali o’qituvchilarni va ularning shogirdlarining borligi quvonarlidir albatta. Shogirdning tarbiyasi, kamoli ko’p jihatdan ustozga bog’liq ekani sir emas. O’quvchining murg’ak qalbidagi hayajonni qo’zg’ata olgan, mudroq tafakkuriga chiroq yoqib, ulkan bilim cho’qqilarini ko’rsatgan ustozlarning shogirdlari yillar o’tib, yurt havas qilgan, olqishlagan yetuk mutaxassislarga aylanishadi.Haqiqiy o’qituvchi iqtidorli o’quvchilarni tezda ajrata oladi. Qobiliyatli shogirdlarning kopligi muallimni ham muvaffaqiyatlarga yetaklaydi. Ayniqsa, turli ko’rik-tanloblar, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida ustozning mashaqqatli mehnatga toqati, shogirdning zehni, uquvi sinaladi

  Farzandlarimiz ta’lim-tarbiya olayotgan Zarafshon shahridagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’z kasbini sevadigan, o’quvchilarga bilim, tarbiya berishda bor bilimi va mehrini ayamaydigan o’qituvchilar borligi biz ota-onalarni quvontiradi,albatta. Bunga jonkuyar va mehribon boshlang’ich sinf o’qituvchisi G’aybullayeva Habiba Ismoilovnani misol qilishimiz mumkin. Bolajonlarni maktabga ilk qadam qo’ygan kunidan to shu kungacha o’z farzandlaridek aziz bilib, bor bilimi va mehrini ularning jajji qalblariga quyosh nuridek kirita oldi. Bugungi kunda Gaybullayeva Habiba rahbarlik qilayotgan 4-“V”sinf o’quvchilari bu ustozni bir umr ardoqlab yashaydilar. Ustoz bergan ta’lim, bilim, tushuncha va ko’nikmalarini o’zlarining kelajak hayotlarida tadbiq eta oladilar deb o’ylaymiz. Farzandlarimiz ota-onalaridan ko’ra ko’proq ustozlari o’giti va nasihatlariga quloq soladilar. Bu bejizga emas, albatta, chunki ustoz ularga har bir aytadigan so’zlariga ozining cheksiz mehridan qo’shadi. Zo’r pedagogik mahoratga ega bu ustozni nafaqat o’quvchilar, balki ularning ota-onalari va maktab jamoasi yetarli jarajada hurmat qiladi va e’zozlaydi. Jonkuyar, mehribon, samimiy, o’z kasbining ustasi bo’lgan aziz ustoz G’aybullayeva Habiba Ismoilovnaga barcha shogirdlarining ota-onalari hamda ularning oila a’zolari nomidan minnatdorchilik bildiramiz va ularga dildan ta’zim qilamiz. Rahmat sizga, aziz Ustoz!

                                                                                                                                                                                                           
                                                                                                                        .  

                                               
                                                                                                                         Rasm fani o`qituvchisi:  Tosheva Z.