Yangiliklar >> "Barchinoy izdoshlari" sport musobaqasi

      Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida buyuk kelajagimiz bunyodkori bo’lgan navqiron avlodni har jihatdan sog’lom va barkamol etib tarbiyalashning muhim omillari – ta’lim, sog’likni saqlash, sport sohalarini rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda.Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida qizlar o’rtasida sportning ommaviyligini oshirish,o’smir qizlarni sportga jalb qilishga alohida etibor qaratilmoqda.

      Shu munosabat bilan  Zarafshon shahar XTMFMTTEBga qarashli 2-umumta'lim maktabida  8-mart  "Xalqaro xotin- qizlar  kuni"  munosabati bilan "Barchinoy  izdoshlari" sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqani tashkil etishdan maqsad, mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol voyaga etkazish, bolalar sportini rivojlantirish, qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularni jismonan yetuk, yuksak manaviyatli va intellektual salohiyatli insonlar etib tarbiyalash, o’quvchi qiz bolalar sog’ligini mustahkamlash,qizlar o’rtasida sportni ommalashtirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishga ko’nikma hosil qilishdan iborat. Musobaqada har bir jamoada 6 tadan ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilar 7ta shart bo’yicha bellashdi. Jamoalar o’rtasida g’oliblik uchun qizg’in kurash kechdi. Natijada  6-"G" sinf "Qaldirg’och" jamoasi qizlari faxrli I o’rinni, 6-"A" sinf "To’maris" jamoasi qizlari II o’rinni, 6-"B" sinf "Alanga" jamoasi va 6-"V" sinf "Barchinoy izdoshlari" jamoasi qizlari III o’rinni egalladi. G’olib jamoalar maktab mamuriyati tomonidan "Diplom" va "Faxriy yorliqlar" bilan taqdirlandi.
         

 

2-umumtalim maktabi

Jismoniy tarbiya fani  o’qituvchisi:  Narzieva D.Q.