Yangiliklar >> Barhayot shoira – betakror she`riyat

1- mart kuni Zarafshon shahar 2 – umumiy o`rta ta`lim maktabida betakror ijod sohibasi, baxt va bahor kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 101 yilligi munosabati bilan 4- “V” hamda 4 – “B” sinf o`quvchilari “Barhayot shoira – betakror she`riyat” mavzusida tadbir o`tkazdilar. Tadbirda o`quvchilar Zulfiyaning Vatan haqidagi she’rlarini qalblariga jo qilib, uning tong nafasi ufurib turgan, buyuk baxt timsoli bo’lib jaranglab turgan she’riyat gulshaniga, betakror ijod bog’iga tashrif buyurishdi. Zulfiyaning qudratli ovozi, mayin va mehr to’la qo’shiqlari, o’zbek xotin-qizlarining bugungi baxtiyor taqdirini, tinchlikka va ozod mehnatga tashna insonning orzularini ifodalagan haroratli she’rlari baland yangradi.

                

Shoira hayoti boqiydir mudom,

Hayoti hammaga o’rnakdir har on.