Yangiliklar >> Bilimlar bellashuvi-2015 boshlanish arafasida

          Xalq ta’lim tizimi sog`lom raqobatni shakillantirish. O`quvchilarning bilim olishga bo`lgan qiziqishini rivojlantirish, ularning qobilyat va iste’dodlarini aniqlab, kasb-hunarga yo`naltirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda o`quvchilarning xalqaro olimpiada va tanlovlarga tayyorlash maqsadida tashkil etilayotgan umumta’lim fanlari bo`yicha bilimlar bellashuvi keng jamoatchilik o`rtasida katta qiziqish uyg`otmoqda.

    Joriy o`quv yilida o`tkaziladigan bilimlar bellashuviga tayyorgarlik ko`rish maqsadida maktab fan uslub birlashmalari o`rtasida Xalq ta’lim vazirligining 2014-yil 17-noyabrdagi 318-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalarida umumta’lim fanlar bo`yicha bilimlar bellashuvini tashkil etish to`g`risida”gi Nizom, Bilimlar bellashuvi o`tkaziladigan fanlar va nazorat turlarini mazmun-mohiyatini o`rganishga qaratilgan o`quv seminari bo`lib o`tdi. O`quv seminarida O`TIBDO` G.S. Sundetova Xalq ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan yangi nizom va undagi o`zgarishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Yanvar oyining birinchi o’n kunligida o`tkaziladigan bilimlar bellashuvining maktab bosqichiga tayyorgarlik yuzasidan fan o`qituvchilarining vazifalarini aytib o`tdi. Shu bilan birga ushbu nizomda milliy maktablarga rus tili fani qo`shilganligi, ayrim fanlardagi baholash mezonlaridagi o`zgarishlar yuzasidan ma’lumot berdi. O`quv seminar yakunida o`qituvchilar va fan uslub birlashma rahbarlari o`zlarini qiziqtirayotgan savollari yuzasidan savol –javob o`tkazdi. O`quv-seminar maktab jamoasiga yangi vazifalarni belgilab olishda yaqindan yordam berdi.