Yangiliklar >> Bilimlar kuni qutlug’ bo’lsin!

      Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 2015-yil 2-sentyabr kuni “Betakrorimsan , yagonasan ona Vatanim –O’zbekistonim! ” shiori ostida mustaqilligimizning 24 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbirga tashrif bergan mehmonlar o’qituvchi va o’quvchilarni muborakbod etdi. Vatanni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar yangradi. Maktab ostonasiga ilk qadam tashlagan 243 nafar 1-sinf o’quvchilarga prezident sovg’alari topshirildi. Barcha sinflarda mustaqillikka bag’ishlangan namunali ochiq darslar tashkil etildi.