Yangiliklar >> "Biz buyuk yurt farzandlarimiz"shiori ostida o’tkazilgan sport musobaqasi

     Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab 4-sinf o’quvchilari o’rtasida "Biz buyuk yurt farzandlarimiz" shiori ostida sport musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada “Lochinlar”, “Alanga”, “Epchillar” va “Chaqqonlar” jamoalari 5ta shart bo’yicha bellashdi. Musobaqada har bir jamoa ishtirokchilari faol qatnashib, g’oliblik uchun kuch sinashdi.  

     Musobaqa natijasiga ko’ra “Alanga” jamoasi sovrinli I-o’rin, “Epchillar” jamoasi II-o’rin, “Lochinlar” jamoasi III-o’rinni qo’lga kiritdi. Musobaqa ishtirokchilari va g’olib jamoalar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va diplomlar  bilan taqdirlandi.

                      
                                                                                                                                        Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi: Xatamova J.R