Yangiliklar >> Biz sog’lom turmush tarafdorimiz.

    Maktabimizda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan 4-sinflar o’rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o’tkazildi. Musobaqani “Oltin vodiy” MFY maslahatchisi ochib berib, o’quvchilarga omad tiladi. Musobaqada 4-A,V,G,Y sinflar jamoalari bellashdilar. Musobaqada jami 24 nafar o’quvchi ishtirok etdi. Jamoalar 5 ta shart bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar. Ayniqsa “Arqon tortish” sharti juda qizg’in kechdi.

Musobaqa natijasiga ko’ra I-o’rin 4-“G” sinf jamoasiga , II- o’rin 4- “A” va 4- “V” sinf jamoalariga, III- o’rin 4- “Y” sinf jamoalariga nasib etdi. G’olib jamoalar maktab ma’muriyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.