Yangiliklar >> “Biz sportda ham ibratmiz” shiori ostida o’tkazilgan “Quvnoq startlar”sport musobaqasi

Zarafshon shahar XTB ga qarashli 2-umumta’lim maktabida 8-dekabr “Konstitutsiyaning 25 yillik bayrami” ga bag’ishlab pedagog xodimlar o’rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada “Epchillar”, “Chaqqonlar”, “Quvnoqlar” va “Lochinlar” jamoalari 6ta shart bo’yicha bellashdi. Musobaqada har bir jamoa ishtirokchilari faol qatnashib, g’oliblik uchun kuch sinashdi.

 Musobaqa natijasiga ko’ra “Lochinlar” jamoasi sovrinli I-o’rin, “Quvnoqlar” jamoasi II-o’rin, “Chaqqonlar”jamoasi III-o’rinni qo’lga kiritdi. Musobaqa ishtirokchilari va g’olib jamoalar 2-maktab ma’muriyati va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.