Yangiliklar >> Bobur ijodi-ma’naviyat bulog`i

  Ulug` o`zbek shoiri mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi , markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligi yurtimiz bo`ylab keng nishonlanmoqda. Shoir tavalludini nishonlar ekanmiz, uning muqaddas kalomining qudratini qayta-qayta his etaveramiz.

    Xususan, bizning 2- umumta`lim maktabida ham o`quvchilar o`rtasida ijodiy ishlar, insholar tanlovi, ochiq darslar, g`azalxonlik kechalari tashkil etildi. Onatili va adabiyot o`qituvchilari Bobomurodova Mehriniso 5-“V” sinfida “Boburning hayoti va ijodi”, Hamroyeva Gulzoda 5-“A” sinfida “Bobur ruboiylari” mavzusida ochiq darslar o`gan bo`lsa, 6-7- sinflar o`rtasida “Shox va shoir” mavzusida fan o`qituvchisi Ne`matova Gulrabo kutubxonachi A. Karbayevalar tomonidan tadbir tashkil etildi.

8-9 –sinflar o`rtasida “Bobur ijodi-ma`naviyat bulog`i” mavzusida fan o`qituvchilari D.Muhiddinova, L.Qurbonova tomonidan tadbir tashkil etildi. Tadbirda o`quvchilar Z.M.Boburning ijodiy faoliyatini aks ettirgan sahna ko`rinishlari, g`azal va ruboiylaridan namunalar aytib o`tishdi. Bobur bilan  biz bugungi avlodni V asrdan ko`proq vaqt ajratib turadi. Bu buyuk insonning qoldirgan merosi esa hamon avlodlarni lol qoldirib kelmoqda.Zero, oliyjanob insoniy g`oyalar tarannum etilgan asarlar umri boqiydir. Z.M.Bobur shunchalar buyuk insonki, ul kishidan so`z ketsa barchamizning ko`nglimizda faxr hissi paydo bo`ladi. Zero, bu faxr hissi abadiy o`chmaydi. Bobur kabi buyuk zotlar qalbimizda , ongimizda abadiy yashagay. Ular nomi tarix zarvaraqalarida o`chmas qilib bitilgan.
                                

Mirzayeva Hayitgul Ikromovna 2- umumta`lim maktabining

                  ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi.