Yangiliklar >> Chingiz og`a saboqlari

     Buyuk adib va jamoat arbobi Ch.Aytmatov nafaqat qirg`iz eli, balki butun turkiy mamlakatlar,jumladan, o`zbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo hisoblanadi.

Chingiz Aytmatov mintaqamiz tinchligi va osoyishtaligi, uning kelajagi va ravnaqi, xalqlarimiz o`rtasida do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularni turli ziddiyat va qarama-qarshiliklardan asrash yo`lida fidokorona faoliyat olib bordi.

  O`zining noyob iste’dodi va jo`shqin ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz o`rtasida do`stlik va hamkorlikni, adabiy-madaniy aloqalarimizni rivojlantirish ishiga qo`shgan ulkan hissasini inobatga olib,O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil

2-aprelda ,,Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to`g`risida’’gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qaror mazmun-mohiyati fan o`qituvchilari tomonidan o`rganib chiqildi.

  Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

O`quvchilar o`rtasida yozuvchining ijodiy merosini o`rganish bo`yicha turli tadbirlar,  "Adabiyot kunlari" tadbirlarini tashkil etish, "Ch.Aytmatov asarlari shaydosiman" mavzusida 7-10-sinf o`quvchilari o`rtasida insholar va ijodiy ishlar tanlovini o`tkazish yo`lga qo`yildi. Jumladan, maktab kutubxonachisi A.Karbayeva tomonidan "Chingiz og`a saboqlari" mavzusida kitobxonlar suhbati o`tkazildi. O`quvchilarga Ch.Aytmatovning hayoti va ijodi hamda "Oq kema", "Jamila", "Asrga tatigulik kun", "Qiyomat" asarlari bo`yicha ma’lumotlar berildi va adibning asarlari yuzasidan savol-javob o`tkazildi.

  Buyuk yozuvchi Ch.Aytmatovning o`lmas badiiy merosi, uning insonparvarlik va ezgulik g`oyalarini, milliy va umumbashariy qadriyatlar, turli millatlar va elatlar o`rtasida o`zaro  hurmat va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan asarlari o`quvchi yoshlarimiz tomonidan sevib o`qib kelinmoqda.

                     

             Uslubbirlashma rahbari:      Muhiddinova D.N.