Yangiliklar >> El ardoqlagan shoir

 

     Milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma’naviyati,ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o`zlikni anglash, milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini ,ezgu fazilatlarni kamol toptirish borasida yorqin iste’dodini ,betakror badiiy asarlarini o`rganish maqsadida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil

27-dekabrdagi,,O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to`g`risida’’gi qarori asosida maktabimizda chora –tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.O`quvchilar o`rtasida ,,Vatan va istiqlol kuychisi’’,,,Vatanim’’she’ri asosida insholar tanlovi, M.Yusuf ijodining ma’naviy va ma’rifiy ahamiyati bo`yicha suhbatlar, adabiy va she’rxonlik kechalari tashkil etilmoqda. Jumladan, 12-martda maktabimizda ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari tomonidan o`quvchilar o`rtasida ,,Muhammad Yusuf-el sevgan shoir’’ mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.Tadbirga Zarafshon shahar XTMFMTTEBining uslubchisi M.K.Kubayeva hamda shahar maktablaridan kelgan fan o`qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda o`quvchilar tomonidan shoir haqida ma’lumotlar hamda uning she’rlaridan namunalar aytilib,shoir ijodining betakrorligi yana bir bor ko`rsatib o`tildi.O`quvchilar shoirning onasi bilan suhbat, ,,Qora quyosh’’dostonidan hamda ,,Uch o`g`il va bir qiz’’ rivoyati asosida sahna ko`rinishi namoyish etishdi. M.Yusuf she’rlari asosida aytiladigan kuy va qo`shiqlardan ijro etishdi.So`ngra shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bo`yicha slaydlar, videolavhalar namoyish etildi.O`quvchilar o`rtasida shoir she’rlarini ifodali o`qish bo`yicha she’rxonlik o`tkazildi.Tadbir o`quvchilarda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini ,yorqin iste’dod egasi bo`lmish shoir Muhammad Yusufga bo`lgan cheksiz ehtirom kabi tuyg`ularni uyg`otdi. Chunki Muhammad Yusuf chinakamiga Vatan ulug‘ligini osmonlarga ko‘targan, odamlarni kuldira olgan, gohida yig‘latgan,xalq ardoqlagan shoir edi. 

      O`zbek xalqining sevimli farzandi Muhammad Yusuf o`z she’riy asarlari, betakror to`plamlari bilan o`zini o`zbekman degan inson borki, qalbida mangu yashaydi.

     

 

                                             Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabining

                                 ona tili va adabiyot fani uslubbirlashma rahbari Muhiddinova D.N.