Yangiliklar >> Eng buyuk jasorat sohibiga ehtirom.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyevning 27.11.2017 yil PQ 3404- sonli “O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, mustaqilligimiz asoschisi, kuchli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”giqaroriga muofiqta’lim muassasalaridaturli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko’rik tanlovlar, bilimdon shoular va bellashuvlar yuqori saviyada tashkillashtirib borilmoqda. Shuningdek, Zarafshon shahar 2-sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida “Mening Birinchi Prezidentim” nomli bilimdon shou o’tkazildi. Bilimdon shou ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismi badiiy qism, ikkinchi qismi esa Birinchi Prezidentimiz asarlaridan savol-javob tarzda olib borildi. Bunda o’quvchilarimiz o’zlarining ma’noliso’zlari, asarlaridan keltirilgan parchalar, ingliz va o’zbek tilida aytgan she’rlari orqali Birinchi Prezidentimizga bo’lgan yuksak ehtirom va cheksiz hurmatlarini namoyish etdilar. Yillar davomida yuragimizning tub-tubidan joy olgan, o’zbek davlatchiligi tarixida o’chmas iz qoldirgan ulug’ ajdodimizga bo’lgan ehtirom, u kishining mazmunli umrini va u kishi yaratgan bebaxo asarlarini mukammal o’rganish, yoshlarni qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik fazilatlarni uyg’otish, kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida o’tkazilgan bilimdon shouda yoshlarning bilimlari sinovdan o’tkazildi. Bellashuv natijalariga ko’ra ishtirok etgan guruhlarga nominatsiyalar berildi. “Nurli kelajak” jamoasiga “Eng topqir guruh” va “ Yodi hamisha yodda” jamoasiga“Eng zukko guruh” nominatsiyalari berildi. Shuni alohida aytish joizki, “Bunday bebaxo asarlarni o’qib o’rganish, yosh avlodlarning qalblarida vatanga muhabbatni, adolat va sadoqat tuyg’ularini singdirishda yoshlarni kelajak avlodlarning ajdodlarga munosib voris bo’lib ulg’ayishida ulkan hissa qo’shadi”,-dedi maktabimiz ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari    Z.Omonova. G’olib guruh o’quvchilari maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
      

 Qutliyeva Dilafro’z  2- umumta’lim maktabi o’qituvchisi.