Yangiliklar >> "Farzandingiz kelajagiga befarq bo'lmang "

   Joriy yilning 30 mart kuni Zarafshon shahar 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida ta'lim olayotgan 3-"V" sinf o'quvchilarining ota-onalariga "Farzandingiz kelajagiga befarq bo'lmang" mavzusida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilish davomida maktab psixologi R.B.Xushvaqova tomonidan o'quvchilarning ota-onalariga farzandlarini kun tartibini to'g'ri rejalashtirishlari,  o'z oldiga to'g'ri maqsad qo'yishga o'rgatishlari, sog'lom ovqatlanishga hamda bo'sh vaqtlarida qiziqish va fan tugaraklariga jalb qilishlari lozimligi, shuningdek,  do'st tanlashlarida yordamlashishlari lozimligi to'g'risida barcha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, yig'ilish davomida o'quvchilarning ota-onalaridan "Siz qanday ota-onasiz?" mavzusida so'rovnoma o'tkazildi. So'rovnoma  tahlil qilinib natijalari asosida o'quvchilarning ota-onalariga tavsiyalar berildi. Yig'ilish so'ngida o'quvchilarning ota-onalariga "Farzandingiz taqdiriga befarq bo'lmang " mavzusidagi brashuralar tarqatildi.                                                                                                                  Maktab psixologi  R.B.Xushvaqova