Yangiliklar >> Farzandlari sog’lom yurt - qudratli bo’lur

   Jismoniy tarbiya va sport hamda ta’lim - tarbiya sohasining bir-biriga uyg’un tarzda rivojlantirilishi yoshlarning jismonan sog’lom , ruhan tetik , eng muhimi , o’z qarashlarida sobit , intelektual salohiyatli , zamonaviy bilimlarni egallashga ishtiyoqi baland o’g’il-qizlar bo’lib ulg’ayishiga mustahkam zamin yaratayotgani hayotda isbotini topib kelmoqda. Natijada jismoniy tarbiya va sport tarbiyaning muhim me’zoni , ta’lim kabi o’g’il-qizlarning kundalik ehtiyojiga aylandi. Yaxshi ta’lim-tarbiya ko’rgan va sport mashg’ulotlarida chiniqqan yoshlar buyuk ishlarga qodir bo’lishini bugun hayotning o’zi ko’rsatib turibdi.

     Zarafshon shahar  XTMFMTTEB ga qarashli 2- umumta’lim maktabida 2016 yil “Sog’lom ona va bola yili” ga bag’ishlab turli sport musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda. O’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish, sog’ligini mustahkamlash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida 5-xsinflar o’rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada “Epchillar” , “Chaqqonlar”, “Quvnoqlar” jamoalari 7ta shart bo’yicha bellashdi. Musobaqada har bir jamoa ishtirokchilari faol qatnashib, g’oliblik uchun kuch sinashdi.

     Musobaqa natijasiga ko’ra “Chaqqonlar” jamoasi faol ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi. Musobaqa ishtirokchilari va g’olib jamoa 2-maktab ma’muriyati va “Oltin vodiy” MFY tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

         

                                                                                                    Zarafshon shahar 2- maktab

                                                                                          Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi: Xatamova J.R.