Yangiliklar >> G’alaba sari qadam

       ’’G’alaba sari qadam’’nomli shiorni o’ziga singdirib olgan 8’’A’’sinf o’quvchisi Raximov Muxammadali Azamat o’g’li  mana 2-3 yillardan buyon Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan tashkil etilgan turli xil ko’rik tanlovlarining viloyat va Respublika bosqichlarida ishtirok etib muvofaqiyatlarga erishib, Navoiy viloyati va Zarafshon shahar xalq ta’limini rivojiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

  Raximov Muxammadali Azamat o’g’li  2015-2016 o’quv yilida ’’Eng yaxshi elektron axborot ta’lim resurslari’’Respublika ko’rik tanlovining birinchi yo’nalishi bo’yicha Navoiy viloyati bosqichida 2015 yil viloyat bosqichida 2-o’rin ‘’Diplomi’’ g’olibi 2016 o’quv yilida sovrinli I-o’rinni qo’lga kiritib Namangan shahrida o’tkazilgan Respublika bosqichida faol ishtirok etib qimmatbaho sovg’a va‘’Sertifikat’’sohibiga ega bo’ldi

   Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan’’YURT KELAJAGI 2016’’ Respublika ko’rik tanlovining ‘’Dasturiy ta’minot ‘’yo’nalishi bo’yicha ishtirok etib shahar, viloyat bosqichlarida goliblikni qo’lga kiritib Qashqadaryo viloyatida joylashgan ‘’Lochin ‘’ oromgohida bir hafta dam oldi va shu yerda o’tkazilgan Respublika bosqichida ishtirok etib qimmatbaho sovg’a va‘’Sertifikat’’ga ega bo’ldi

  2014-2015 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi va ‘’Uzbekistan Today’’ gazetasida tomonidan tasis etilgan ‘’ESSAY’’--ingliz tilida ‘’My school’’ –‘’Mening maktabim’ mavzusida tashkil etilgan insholar  tanlovining Respublika bosqichida o’zining jonajon 2-maktabini shart –sharoitlari ustozlari haqida insho yozib faxirli 1-o’rin g’olibligini go’lga kiritib ,ingliz tilida chop etiladigan ‘’Uzbekistan Today’’ gazetasiga  bepul 6 oylik obuna etildi va ‘’ ’Sertifikat’’bilan taqdirlandi.

    Ingliz tili fanidan o’tkaziladigan ‘’Bilimlar sinovi’’ ning Zarafshon shahar bosqichlarida muntazam ishtirok etib keladi va faxirli 2- 3-o’rinlarni sohibi bo’lib kelmoqda.shuningdek ’Yuksak manaviyatli avlod ‘’festivalida shahar bosqichida I-o’rin g’oliblikni qo’lga kiritib viloyat bosqichida ishtirok etdi.

      Rossiya federatsiyasi xalq ta’limi tomonidan tashkillashtirilgan ’’Infourok’’nomli xalqaro masofaviy olimpiadada  ishtirok etib 3-o’rin ‘’Diplomi’’ bilan taqdirlandi.