Yangiliklar >> 2-umumta’lim maktabida “Hayotdan zavqlanaman” mavzusida aksiya o’tkazildi

 

Zarafshon 2-umumta’lim maktabida 30-may kuni voyaga yetmaganlar o’rtasida suitsid kasalligining oldini olishga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.Tadbir aksiya tarzida “Hayotdan zavqlanaman” mavzusi ostida o’tkazildi.

Bu tadbirga maktabimizning barcha o’qituvchi va o’quvchilari jalb etildi.Shahrimizning barcha umumta’lim maktablaridan va mahallalardan vakillar taklif etildi. “Orzu daraxti ” deb nomlangan daraxtlarni sinf o’quvchilari bezatishdi.

 “Ota-onam va men” sog’lom oilamiz mavzularida 5-7-sinflar o’rtasida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda  5-sinflardan Xoliqov Azizjon, Po’latova  Marjona, O’rinov Eldor 6-sinflardan Axtamov Alisher, Nabiyev O’ral, Sultonov Jasur,  Toshpo’latov Shaxzod 7-sinfdan Quvvatova Asalxonlar ishtirok etdi. Ular o’z rasmlarida    “Men katta bo’lsam” mavzusida chizilgan rasmlarida o’quvchilar o’zlarini kelajakda qanday tasavvur qilishlarini chizdilar. Bir rassom, biri shifokor, biri jurnalist, biri arxitektor, biri o’qituvchi bo’lishini o’z rasmlarida namoish qildilar.

  “Otam-onam va men sog’lom oilamiz” mavzusida asvaltga rasm chizishda o’quvchilar o’z oilalarini o’z rasmlarida chizib  ko’rsatdilar. Bu tanlov o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Na’munali qatnashgan o’quvchilarning rasmlari maktab  ma’muriyati tomonidan  maqtov  yorliqlari  bilan taqdirlandi.