Yangiliklar >> “Hunarli kishi xor bo’lmas”

Umumta’lim maktablarida aprel-estetik yo’nalishidagi fanlar oyligi deb belgilangan . Oylikni mazmunli va samarali o’tkazish uchun pedagoglardan katta mehnat va mas’uliyat  talab etiladi.

 O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2009-yil 11-sentabrdagi 252-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida Zarafshon shahar XTMFMT va TEB tasarrufidagi 2-umumiy o’rta maktbida ham “Estetik yo’nalishidagi” fanlar oyligini samarali va mazmunli o’tkazish uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi:

Rejaga asosan o’quvchilarni estetik fanlarga qiziqtirish, bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishlari uchun bir qancha tadbirlar tashkil etildi.

14-aprel kuni Ochilova Saboat Ne’matovna va Asadova Dilafro’za Yusufovna rahbarligida 8-“B” va 8-“V” sinf o’quvchilari o’rtasida “Hunarli kishi xor bo’lmas” mavzusida tadbir o’tkazildi. Ular quyidagi shartlar bo’yicha bellashishdi:

1. Tanishtiruv.   

2. Yigitlar (sabzi to’g’rash), qizlar (chuchvara tugish).

3. Qiziqarli savol-javoblar

4. Sport musobaqasi (Obruch aylantirish, gantel ko’tarish)

5.”Dolzarb mavzu” asosida sahna ko’rinishi.   

 Har bir guruh o’ziga topshirilgan shartlar bo’yicha bor mahoratini ishga solib, g’oliblikka intilishdi. Har bir shart orasida sinflar tayyorlagan badiiy chiqishlar vatan, ona, maktab haqidagi qo’shiqlar, jozibali raqslar, she’rlar yangradi.

1-    Shartda guruhlar milliy qo’shiqlar , she’riy usulda maqsadlari, shiorlari aytilib qatnashchi o’quvchilarga ta’rif berildi.

2-    Shartda o’quvchilarning milliy taomlar pishirishdagi pazandachilik mahoratlari sinab ko’rildi. O’zbek yigitlarining osh pishirishdagi , qizlarning chuchvara tugishdagi mahoratlari sinab ko’rildi.

3-    shartda o’quvchilarning mehnat fanidan bilimlari sinaldi.

4-    Sport –sog’lik garovidir.Shuning uchun ular obruch aylantirish, gantel ko’tarish bo’yicha bellashishdi. Bolalarning qanchalik sportga qiziqishlari, sport bilan shug’ullanishlarini bilish qiyin bo’lmadi.

5-   Shartda o’quvchilar qanchalik iqtidorli ekanligini namoyish etishdi.

 8- “B” sinf o’qish, bilim olish insonni yuksaklikka ko’tarishini, hech qachon bilim olishdan charchamaslik kerakligini ko’rsatib berishdi.

 8-“V” sinf o’quvchilarining sahna ko’rinishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi. Ular erta turmush qurishning oqibatlari haqida juda chiroyli sahna ko’rinishi namoyish etishdi.

Barcha shartlar hakamlar hayati tomonidan baholab borildi va quyidagicha natija qayd etildi:

8-“B” sinf o’quvchilari 49 ball

8-“V” sinf o’quvchilari 60 ball bilan g’olib bo’lishdi.

Tadbir so’ngida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sh. To’raboyeva so’zga chiqib , o’quvchilarni tabrikladi va maqtov yorliqlarini topshirdi.

            

                    

 22-aprel kuni Bo’ronova Bozorgul Rustamovna rahbarligida barcha

7-sinf qizlari o’rtasida “Balli qizlar” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ular quyidagi shartlar bo’yicha bellashishdi:

1. Tanishtiruv.   

2. Salat tayyorlash.

3. Qiziqarli savol-javoblar

4.”Dolzarb mavzu” asosida sahna ko’rinishi.   

 5. Iqtidoringni namoyon qil

Har bir qiz o’ziga topshirilgan shartlar bo’yicha bor mahoratini ishga solib, g’oliblikka intilishdi. Har bir shart orasida “Ohangrabo” to’garagi ishtirokchilari ijrosida vatan, ona, maktab haqidagi qo’shiqlar, jozibali raqslar yangradi. Har bir shart hakamlar hayati tomonidan baholab borildi. Barcha shartlardan so’ng qizlar quyidagicha ball to’plashdi:

7-“D” sinf qizlari 26 ball “Eng pazanda” nominatsiyasi berildi

7-“B” sinf qizlari 26 ball  “Eng iqtidorli” nominatsiyasi berildi

7-“G” sinf qizlari 25 ball  “Eng topqir”  nominatsiyasi berildi

7-“A” sinf qizlari 23.5 ball “Eng chaqqon” nominatsiyasi berildi

7-“V” sinf qizlari 23 ball  “Eng zukko”  nominatsiyasi berildi

Qizlar tadbir so’ngida o’zlari yaratgan dizayin asosida tikkan liboslarini ham namoish etishdi. Liboslar barcha tomoshabinlar diqqatiga sazovor bo’ldi.

 Tadbir ishtirokchi qizlari maktab ma’muriyati tomonidan nominatsiyalar

 va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

 

 

Uslubbirlashma rahbari:      Ochilova S. N.