Yangiliklar >> INSON HAYOTIDA KASBNING O‘RNI…

Joriy yilning mart oyida Navoiy shahridaMen tanlagan kasbning kelajak hayotimda tutgan o‘rnimavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabi 9 “A” sinf o‘quvchisi Zarina Jo‘raqulova ushbu tanlovda qatnashib faxrli 1-o‘rinni egalladi.

- Kasbni to‘g‘ri tanlash, unga sadoqat bilan xizmat qilish har bir inson uchun haqiqiy baxt va sharafdir, - deydi Z.Jo‘raqulova. - Borliq shu qadar xilma-xil va jilokorki: undagi nainki mavjudliklar ma’lum bir vazifani bajarish uchun yaratilgan. Shu ma’noda, har birimiz zamon va makondagi o‘z o‘rnimizni aniq belgilab olishimiz kerak. Mening maqsadim kelajakda o‘z kasbimning haqiqiy fidoiysi bo‘lishdir. Kasbning inson hayotidagi tutgan o‘rni haqida soatlab gapirish mumkin. Biroq, men bundan yiroq chekinaman. Dunyodagi eng sharafli kasblardan biri ustoz va murabbiylikdir. Boisi dunyoda mavjud jamiki kasblar ana shu kasb negizida shakllanadi. Men, albatta bu kasbni kelajakda sharaf bilan oqlayman va vatanim oldidagi farzandlik burchim ado etishga va’da beraman.

Zarinani kelajakda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga ishonamiz.  

SH.SATTOROVA,

 

ona tili va adabiyot o‘qituvchisi.