Yangiliklar >> Jannat edi uning bosgan har bir izi

Mustaqillikni q`olga kiritish o`z-o`zidan bo`ladigan oson ish emas.Biroq uni saqlab qolish, kuchli bo`ronlar domidan olib chiqish, turli yovuz kuchlar xujmidan asramoq yanada mashaqqatlidir. Bunday ishlar beqiyos fidoiylikni, haqiqiy qahramonlikni, dovyuraklikni. hamda yursak aql-zakovatni talab qiladi . Islom Karimov Vatanimiz ravnaqi va yuksak taraqqiyoti yo`lida bir –biridan ulug` hamda o`ta muhim ishlarni amalga oshirdi. Biz u kishining jasorati, fidoiyligi oldida har doim bosh egamiz.  Yaqin-yaqinlargacha oynai jahon  orqali Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning turli anjumanlarda so`zlagan nutqlarini eshitib, shunday yurtboshimiz borligidan g`ururlanib yurar edik. Shunday ulug` insonni bu dunyodan ko`z yumishi barchamizni chuqur qayg`uga soldi.  Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning yorqin xotiralarini yod etish maqsadida “Oliyjanob insoniy fazilatlar sohibi” mavzusida 2- umumta`lim maktabida katta adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Ilohim, birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning oxiratlarini obod qilgin, ruhlarini mangu shod qilgin,  yotgan qabrlarini nur-u ziyoga to`ldirgin,  joylarini  jannatu behshtlardan ato qilgin Ollohim.

 Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi   Rajabova B.