Yangiliklar >> Kasbim-faxrim

  Pedagog bolaning murg’ak qalbiga ezgulik urug’ini qadaydigan ilmga tashnalik, ota-ona va Vatanga mehr hissini uyg’otadigan inson... Shuning uchun ham har bir pedagog o’ziga nisbatan qat’iy talabchan , o’quvchiga nisbatan bag’rikeng, mehrli bo’lishi, o’z ustida ko’proq ishlashi lozim. Har bir o’qituvchidan bolalarga chuqur bilim berish, kelajakda vatanparvar, xalqsevar, har tomonlama komil insonlarni tarbiyalash talab etiladi.

 Aprel oyi estetik fanlar oyligidir. Shuning uchun uslubbirlshmamizda tuzilgan reja asosida ochiq darslar, tadbirlar o’tkazilmoqda, ko’rgazmalar tashkil etilmoqda.

 14-aprel kuni Rayimqulova Nelli va Bo’ronova Bozorgul rahbarligida “Oshpazlik kasbi” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda “Bahor malikalari” va “Atirgul g’unchalari” guruhlari bellashdilar. Ular oshpazlik haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, milliy taomlar, osh pishirish usullari haqida ma’lumotlarberdilar. Shuningdek o’zlarining pazandachilik mahoratlarini ham namoyish etdilar. Ular tayyorlagan taomlarga baho berish hakamlarga ancha qiyin bo’ldi. Yakun har ikkala gurun ham 28 balldan to’plab, do’stlik g’alaba qozondi.

                                      

Estetik fanlar uslubbirlashma rahbari: Ochilova S.N.