Yangiliklar >> Kasbing-faxring.

Kasb tanlash inson hazotidagi muhim ahamiyatga molik hodisalaridan biridir. Shu sababli farzandlarimizni yoshlik chog’laridan qiziqish va imkoniyatlariga qarab kasb-hunarga to’g’ri yo’naltirish ota-ona hamda o’qituvchilardan katta ma’sulliyat talab etadi.

Bu borada maktab psixologlari bilan birgalikda ish olib borish yaxshi samara beradi. Shahrimizdagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida bugungi kunda 4 ta 9-sinf bo’lib, unda 121 nafar o’quvchi tahsil oladi . Bitiruvchilarning kasb-hunarga qiziqishlarini aniqlash maqsadida har oyda reja asosida so’rovnomalar o’tkazilib kelinmoqda. Kasb tanlashda ikkilanayotgan o’quvchilar bilan alohida suhbatlar o’tkazilib, ularga maktabning kasb-hunarga yo’naltiruvchisi, sinf rahbarlari hamda makab psixologi keraklicha maslahatlar berib bormoqda. Shuningdek muassasamizda psixologik xizmatlar ham yo’lga qo’yilgan. Mazkur xizmat davomida bitiruvchi – yoshlar bilan ishlash., ularni to’gri kasb tanlashlariga ko’maklashish maqsadida o’quvchilar, qolaversa ularning ota-onalari bilan davra suhbatlar uyushtirildi. Bu esa bitiruvchilarimiyning kelajagi ushun muhim ekanligi to’grisida tushunchalar berildi.

O’quvchilar biron kasbni tanlashdan avval uning jjamiyat ehtiyojidagi o’rnini bilishlari lozimligi, ota-onalar esa farzandlarining individual psixologik qirralari, o’smirlik davrida yuz beradigan o’zgarishlardan xabardor etib borilmoqda. Olib borilayotgan mazkur amaliy tadbirlarning barchasi yoshlarning qobiliyati, mahorati, iqtidorini vaqtida aniqlab, ularni jamiyatimiz gullab –yashnashiga munosib hissa qo’sha oladigan kasblarga to’g’ri yo’naltirishga qaratilgan. Zero kelajakda intizomli, yetuk va barkamol insonlarni tarbiyalash sizu bizning zimmamizdagi vazifadir.

 

   2-umumta’lim maktabi psixologi Muqaddas Umarova