Yangiliklar >> Kitob-bilim manbai

 

http://avp.chirkom.uz

Duniyoviy fan va ilmni biz farzandlarimizga kitob orqali beramiz, chunki kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. Kitob shunday ne'matki uni qiziqish, sabr-toqat bilan tushinib o`qib chiqqan insonning qalbi quvonchga to`lsa, ongi falsafiy mushohada qilish orqali o`sib boradi. Kitoblarda ajdodlarimiz tomonidan kashf qilingan tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlari, shuningdek, komil insonni tarbiyalashga doir ko`plab ma'lumotlar berilgan. Kitobning mo'jizaviy kuchi yordamida o`quvchilarning qalbida ezgulik saxovat kabi fazilatlar uyg`onadi. Kelajakda farzandlarimiz bilimli aqlli, kuchli va dono bo`lishi uchun ularning bilim doirasini kengaytirishga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Shu boisdan maktabimizning bilimli faol kitobxon o`quvchilari bilan ‘’Eng yaxshi kitobxon o`quvchi’’ ko`rik tanlovi o`tkazildi. Tanlovda 8-“V” sinf o`quvchisi Jalolova Sadoqat I-o`rinni egallab, shahar bosqichiga yo`llanma oldi. Bunday tanlovlar o`quvchilarning kitobga bo`lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va o`qigan kitoblarini chuqur tahlil qila olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
                     

Maktab kutubxona mudiri: A.T. Karbayeva.