Yangiliklar >> Kompyuter savodxonligi-davr talabi

    XXI asr- axborot texnologiyalari asri. Zamon bilan hamnafas bo’lish-davr talabi. Ana shu talab asosida ildam odimlayotgan maktabimiz pedagog xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida Zarafshon shahar XTMFMTTEB buyrug’i asosida umumta’lim maktablarining rahbar va pedagog xodimlarining AKT dan foydalanish bo’yicha malaka oshirish o’quv kurslari tashkil etilib, informatika fani o’qituvchilari Muhayyo Kuychiyeva,Ulparshin Umarova hamda Xolida Davlatovalar pedagog xodimlarga beminnat saboq berib kelmoqdalar.
  Ikki smenada tashkil etilgan ushbu mashg’ulotlar davomida o’qituvchilar turli dasturlar bilan ishlash, internet ma’lumotlaridan foydalanish qoidalari haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’lishmoqda.

  Donolar aytganidek, beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligi haqidagi fikrlar naqadar haq ekanligi har qadamda o’z isbotini topmoqda.
          

   Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Qurbonova Shahlo Aminovna