Yangiliklar >> Konstitutsiya-bizning baxtimiz

       Biz bilamizki konstitutsiyaning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati beqiyos. Konstitutsiyaning mazmuni avvalo uning jamiyat va davlat hayotidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi roli bilan belgilanadi. Konstitutsiya xalqimizning ongida muhrlanib qolgan tarixiy hujjat sifatida millat ravnaqi, davlatchiligimiz poydevorining mustahkam bo`lishi uchun xizmat qilganligi bilan ahamiyatlidir. Mustaqilligimizdan so`ng qabul qilgan Konstitutsiyamiz xalqimiz hayotida katta burilish yasadi. Chunki mustaqillik yillarida mamlakatimiz konstitutsiyasini qabul qilish zarurati yanada ortib bordi. Mustaqil davlatimizga har tomonlama mukammal konstitutsiya kerak edi. Mustaqil davlatchilik siyosatini yuritish, jahon hamjamiyati e’tiborini qozonish, millatlararo munosabatlarni yo`lga qo`yish, mamlakat ijtimoiy hayotidagi osoyishtaligini ta’minlash, iqtisodiy rivojlanish va ularning huquqiy asosini yaratish uchun ham davlatimiz o`z konstitutsiyasini qabul qilishi kerak edi. Milliy qadriyatlarimizni o`zida singdirgan konstitutsiya eng oliy qadriyat hisoblanmish insonni birinchi o`ringa qo`yadi. Konstitutsiyamizning 13- moddasida shunday deyilgan:” O`zbekiston Respubikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan muhofaza qillinadi.” Shu bilan birgalikda xalq xokimiyatchiligi institutining mazmunuda butun hokimiyat va suverenitet xalqqa tegishli ekanligi, xalq davlat hokimiyatinig birdan-bir manbai etib e’tirof etilganligi Konstitusiyamizning xalqchil tabiatini namoyon etadi. O`zbekiston xalqini millatidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi (8- modda) deb e`tirof etilishi, fuqarolarning millatidan, irqi, jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi, huquq va erkinliklar barcha uchun bir xil teng sharoitlarda ta’mimnlanishi jamoyat barqarorligi va osoyishtaligining garovi bo`lib xizmat qilmoqda. Milliy qadriyatlarimizni o`ziga singdirgan konstitutsiyamiz asosida oila, onalik va bolalik davlat muhofazasida ekanligi, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota- onasining vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish va tarbiyalash, o`qitishni o`z zimmasiga olganligini alohida e’tirof etishimiz lozim. Konstitutsiyamizning har bir moddasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan xalqaro normalariga muvofiqligi hamda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatining e’tiborini qozonishdagi roli biz uchun ahamiyatlidir. Baxtimiz qomusi hisoblanmish konstitutsiyamizni har bir moddasini bilish, unga doimo rioya qilib yashash, uning hayotimizda tutgan roli va ahamiyatini anglash, uni hayotiy vaziyatlarda qo`llash har birimizning burchimizdir.

 

 


 Bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi g`olibi: Tilavova Sadaf To`lqin qizi.