Yangiliklar >> KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ POYDEVORI

Tinch va farovon xayotimizning kafolati sanalmish Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 24 yil to`ldi.

 Ana shu qutlug` sana munosabati bilan maktabimizning faollar zalida kuni kecha 4-“D” sinf o`quvchilari bilan tantanali ertalik bo`lib o`tdi. “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” deb nomlangan ushbu tadbirda o`quvchilar o`zlarining jarangdor she’r va jozibali raqslari, rolli chiqishlari bilan o`tirganlar qalbiga quvonch bag`ishlashdi. O`quvchilar Konstitutsiyamizning moddalarini yod aytish bilan birga, har bir moddaga mos sahna ko`rinishlari ham namoyish etib borishdi.

  Tadbir so`ngida so`zga chiqqan maktab ma’muriyati a’zolari tashkilotchilar va o`quvchilar chiqishlari haqida iliq fikrlar bildirib, kelajakda ulardan yurt koriga yaraydigan munosib izdoshlar yetishib chiqishiga ishonch bildirishdi.