Yangiliklar >> Konstitutsiya- baxtimiz qomusi

Bosh qomusimizning 20 yilligi barcha joylarda keng nishonlanmoqda .Shu munosabat   bilan 2-umumta`lim  maktabida  o`quvchilarning  huquqiy  savodxonligini oshirish , Konstitutsiya haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun tarix fani o`qituvchilari G O`rinova , M Qurbonov hamda maktab kutubxonachilari A.Karbayeva va M. Abdreimovalar tomonidan "Konstitutsiya- baxtimiz qomusi" nomli tadbir va huquqiy sohaga oid kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda maktabning 6-"D" sinf o`quvchilari o`zlarining Konstitutsiya borasidagi bilimlarini turli sahna ko`rinishlari orqali namoyish etishdi. Mavzuga mos ko`rgazmali taqdimot kechani yanada boyitdi. Tadbirning 2-qismida esa 8-9-sinf o`quvchilari ishtirokida "Intellektual ring" bellashuvi uyushtirilib, qatnashchilar huquq fanidan bilimlarini sinovdan o`tkazishdi. Tadbir yakunida o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari G.Sundetova barchani Qomusimizning 20 yilligi bilan qutladi va g`oliblarni esdalik sovg`lari bilan taqdirladi. 


 

 

 

Mehriniso  Bobomurodova

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi