Yangiliklar >> Ko`z ilg`amas saboqlar

 Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot,

 Yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir

  1.                                                                                                                                                                                                              A.  Avloniy.

    Yuqorida A.Avloniy tarbiya masalasiga qanchalik chuqur va ma`suliyatli yondashish kerakligini uqtirgan. Ammo hozirgi kunda biz farzandlarimizga to`g`ri tarbiya bera olyapmizmi? degan savol qiynaydi. Chunki tarbiya avvalo oiladan boshlanadi. Oilada ota-ona faqat so`z bilan emas o`zlari o`rnak bo`la olishi muhim. Buning uchun ota- ona farzandiga ”kitob o`qi, telefon yoki televizor bilan vaqtingni behudaga o`tkazma” deyishidan oldin , o`zlari shunga amal qilishadimi? Yo`q albatta. To`g`ri har bir ota- ona bolalarining kelajagini yaratish uchun tinmay ishlaydi, harakat qiladi. Lekin farzandlarim tarbiyasi uchun qancha vaqt ajratdim degan savolni o`zlariga berib ko`risharmikin.

Agar biz farzanlarimiz tarbiyasini to`g`ri yo`lga qo`yib, to`g’ri yo`l ko`rsata olsak farzandlarimiz o`zlari kelajagini yaratishadi. Chunki , to`g`ri tarbiya olgan farzandga “ kitob o`qi, dars tayyorla “, deyishimizga o`rin qolmaydi. Farzand maktabdan uyga kelganida kattalar ya`ni ota-ona kitob mutola qilayotganini ko`rishni o`zi kifoya. Sababi maktabda o`qituvchi topshirgan toshiriqni o`zlari ma`suliyat bilan bajarishadi.

 

    “Yosh bolalar bilishdan oldin taqlid qilishni o`rganadi” degan edi                    Ya. A. Komenskiy.

O`rnak ko`rsatishning ta`sir kuchi shundan iboratki, atrofdagi kishilar o`z qarashlari, hatti-harakatlarini bolalarga majburan qabul qildirmaydi, bolalarning o`zlari uni sezadilar.

Ya`ni bolalar atrof-muhit hamda ota- onaga taqlid qiladilar. To`g`ri bola 7 yoshdan maktabga boradi. Shundan so`ng kunning yarmi maktabda o`tadi. Shuning uchun ko`pchilik farzandini tarbiyasini o`qituvchi zimmasiga yuklab qo`yadi. Shu sababli bugungi kunda o`qituvchi ta`limni, tarbiyadan ajratmagan holda berishi lozim. Lekin, farzandlarimizga faqatgina o`qituvchi berayotgan tarbiya bilan cheklanib qolishimiz bu bolalarning kelajagi yetuk namuna bo`ladigan farzand bo`lib yetishishi uchun yetarli emas. O`zim o`qituvchi sifatida 10 yillik ish tajribamda farzandlarimiz tarbiyasidagi mana shu bo`shliqlarni guvohi bo`lib kelmoqdaman. Sababi ota- ona e`tiboridan ozgina chetda qolgan farzand uchun “qulay muhit “ paydo bo`ladi. Chunki texnika rivojlangan bir davrda XXI asr bolalarini aynan ana shu texnika o`ziga jalb etadi. Ya`ni bular telefon , televizor, planshet, va kompyuter kabi vositalar farzandlarimizni vaqtini suvday oqib ketishiga sabab bo`ladi.. Shuning uchun tarbiyada o`rnak bo`lish katta ahamiyatga ega . Tarbiya jarayoni o`z –o`zini tarbiyalash bilan mustahkam bog`langan. O`z- o`zini tarbiyalash to`gri tarbiya berish bilan birga sodir bo`ladi va ayni paytda to`g`ri tarbiya natijasi hisoblanadi.

 Muhtaram prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ta`kidlaganidek, “Biz o`zgarishni o`zimizdan boshlashimiz kerak” va ana shundagina kelajagi porloq yetuk farzandlarni tarbiyalay olamiz. Bir so`z bilan aytganda, farzandlarimiz tarbiyasidagi uzluksizlikka biz kattalar doimiy e`tiborda bo`lsak, farzandlarimiz komil inson bo`lib yetishishiga xizmat qiladi.

                                                        Biologiya fani o`qituvchisi Eshmurodova Muqaddas