Yangiliklar >> Mahorat bellashganda oshadi.

 Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darsi va sport mashg’ulotlari samaradorligini oshirishda o’quvchilar o’rtasida tashkil etilayotgan sport musobaqalari muhim ahamiyatga ega. Bugun har bir o’g’il-qiz ma’nan va jismonan yetuk bo’lib voyaga yetishida, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o’rni beqiyos. Sport bilan muntazam shug’ullanish, sport musobaqalarining tashkil etilishi o’quvchi-yoshlarga jismoniy kuch va ma’naviy ozuqa bermoqda. O’quvchilarni bo’sh vaqtlarini  samarali tashkil etish maqsadida, o`quvchilar sport to’garaklariga jalb etib kelinmoqda.To’garak a’zolari sport tadbirlarida, musobaqalarda faol ishtirok etib, bellashuvlarda o’z mahoratlarini oshirib bormoqda.

 2-umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031 sonli qaror ijrosini taminlash maqsadida “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur” shiori ostida ’’Yengil atletika’’ sport to’garagi o’quvchilari o’rtasida birinchilik musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada 22 nafar o’quvchilar 6 ta shart bo’yicha bellashdi. Musobaqa juda qiziqarli va shiddatli o’tdi.

 Musobaqa natijalariga ko’ra o’g’il bolalar o’rtasida 3-“B” sinf o’quvchilari Sh.Majidov  va O.Yerkinov  1-o’rin, 3-“G”,”V” sinf o’quvchilari L.Sadriddinov, Sh.Muxtorov  va M.O’rinboyev  2-o’rin, 3-“V”sinf o’quvchilari D.Amonov, A.Husanov  va N.Mardonov 3-o’rinni, qiz bolalar o’rtasida 3-“V”, “B” sinf o’quvchilari N.Esonova va B.Boboyeva  1-o’rin, 3-“B” sinf o’quvchisi M.Fayziyeva  2-o’rin, 3-“B”,“A”sinf o’quvchilari B.Najmiddinova  va F.Amonova  3-o’rinni egalladi. G’olib o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.