Yangiliklar >> "Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari" hayriya tadbiri

       2016 yil 23-aprel kuni maktab faollar zalida "Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari" hayriya tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirni maktab direktori M.Yu.Tuydjanova kirish so`zi bilan ochib berdi. Hayriya tadbiriga ota-onalar o`qituvchi va o`quvchilar ishtirok etdi. Tadbirda maktabning faol kitobxon  o`quvchilari tomonidan turli kitobni madh etuvchi she'r va qo`shiqlar, boshlang`ich sinf o`quvchilari o`zlari o`qigan ertaklardan sahna ko`rinishi, raqslar ijro etdilar. Shundan so`ng ota-onalar qo`mitasi raisi so`zga chiqib sevimli shoir va yozuvchilarning asarlari haqida so`zladi va o`quvchilarga kitobga mehr qo`yish, kitobni asrab abaylash, kitob o`qishning afzalliklari haqida gapirib berdilar. Tadbirda faol qatnashgan o`quvchilar maktab ma'muriyati tamonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Tadbirda 155 nafardan ortiq kishi ishtirok etib, ota-onalar homiyligida maktab kutubxona fondiga 220 dona lotin va kirill yozuvidagi badiiy, siyosiy , bolalar ertak kitoblari va ma'lumotnoma adabiyotlar taqdim etildi.