Yangiliklar >> Matematika fanlar ichra shoh.

  Zarafshon shahar 2- umumta`lim maktabi Tilabova va Temirova rahbarlik qilayotgan4- “Y”va 4 “D” sinf o`quvchilari 20 - fevral kuni matematika fan oyligiga bag`ishlab faollar zalida “Matematika fanlar ichra shoh” deb nomlangan matematik tadbir bo`lib o`tdi.  Tadbirda o`quvchilar matematikaga oid she`rlar aytishdilar. O`quvchilar Al- Xorazmiy va Al – Farg`oniy  guruhlarida chiqishdilar. Ushbu bobokolonlarimiz  haqida ma`lumotlar berib o`tdilar. O`quvchilar 3 ta shart bo`yicha bellashdilar.

1- shart tezkor savol – javob

2-shart shashka usulida olmalarni yutib olish

3-shart mantiqiy topshiriqlar

Ushbu shartlar orasida o`quvchilar qo`shiq va raqslar ijro etishdiShartlar juriy a`zolari tomonidan baholanib borildi. Ushbu shartlar bo`yicha Al – Xorazmiy guruhi kechamiz g`oliblari sanaldi.

 Boshlang`ich sinf o`qituvchisi:   Temirova Z.A.