Yangiliklar >> Mohir ijod sohibi

     Maktabda so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag’ishlab “Mahorat darslari” doirasida “Mohir ijod sohibi” tanlovi o`tkazildi. Tanlovda boshlang’ish sinf texnologiya fani o’qituvchisi rahbarlik qilayotgan “O’z qo’limiz bilan” to’garagining a’zolari ishtirok etdilar. Musobaqa shartlarida o’quvchilarning ishtiroklarini baholash maqsadida boshlang’ich sinf uslub birlashma rahbari H.G’aybullayeva, texnologiya fani o’qituvchisi G.Yusupova va boshlang’ich sinf o’qituvchisi R.O’ralova hakamlik qildilar. Ishtirokchilar ikki guruhga bo’lindilar.1-guruh-“Alisher Navoiy”,2-guruh-“Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi bilan ataldi. Guruhlar 4ta shart bo’yicha bellashdilar.

1-shart-“Buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy, Mirzo Bobur haqida ma’lumot,hikmatli so’z va g’azal yoki ruboiylaridan namunalar aytish”.

2-shart-“Rangli qog’ozlar bilan applikatsiya usulida ishlash”.

3-shart-“Plastilindan ertak qahramonini yasash”.

4-shart-“O’zbek xalq maqollaridan 10 ta yozish”.

    Bellashuvning 1-shartiga ko’ra guruhlar a’zolari o’zlarining guruhlariga nomi berilgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodi haqida, g’azal va ruboiylaridan namunalar aytdilar. Bellashuvning barcha shartlari qizg’in va yuqori kayfiyatda o’tdi. O’quvchilar o’zlarining texnologiya darslaridan olgan bilim, malaka, ko’nikmalari asosida shartlarni bajardilar. Musobaqaga yanada maroqli kayfiyat ulashish maqsadida 2-“B” sinf o’quvchilari Alisher Navoiy asaridan sahna ko’rinishi namoyish etdilar.

   Hakamlar hayati o’quvchilarning shartlar bo’yicha bajargan amaliy ishlarini odillik bilan baholab bordilar. Musobaqa yakunida hakam H.G’aybullayeva so’zga chiqib, 2ta guruh 20 baldan qo’lga kiritib,do’stlik g’alaba qozonganini aytib o’tdi. O’quvchilar faol ishtiroklari uchun “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandilar.
    

Boshlang’ish sinf o’qituvchisi

 Ziyoda Tosheva