Yangiliklar >> Navoiy vorislari

Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish, yoshlarning intellektual salohiyatini va ma’naviyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni keng targ‘ib etish hamda ustoz-shogird an’anasini rivojlantirish maqsadida Zarafshon shahar 2-umumta`lim maktabida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovi o`tkazildi.

Tanlovda uch o‘rin: 1-, 2- va 3-o‘rinlar aniqlandi.

 Tanlov ishtirokchilarining mazkur uch o‘rindan biriga munosib topilishi quyidagi shartlarni bajara olish darajasiga qarab belgilandi:

1- shart: eng ko‘p g‘azal yod olish;

2-shart: g‘azalni bexato va ifodali o‘qish;

3-shart: g‘azal matnining nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yarata olish;

4-shart: g‘azal matnidagi tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlab bera olish.

 Tanlov g‘olib va sovrindorlari maktab ma`muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. 1-o`rinni 9-“G” sinf o`quvchisi Eshmamatova Hamida qo`lga kiritdi.

     


           

 Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Bobomurodova M.