Yangiliklar >> Ogohlikka da’vat

   Qo’shni yurt va chet davlatlarda notinchliklar hukm surayotgan bugungi globallashuv davri har bir insonning ogoh bo’lishligi, voqea- xodisalarga befarq bo’lmasligi kerakligini taqozo etmoqda. Ana shu dolzarb mavzuda mas’ul xodimlar tomonidan joylarda targ’ibot- tashviqot ishlari olib borilmoqda.

   Kuni kecha 2-sonli umumta’lim maktabining faollar zalida “Ogohlik-davr talabi” mavzusida shahar IIB xodimlari mas’ulligida ARM hamda maktab pedagog va ishchi xodimlari, bank xodimlari, shuningdek, mahalla faollari ishtirokida keng doiradagi uchrashuv-davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirni Mahalla xayriya jamoat fondi shahar bo’linmasi raisi Ochilov    Uchqun Yoriyevich ochib berar ekan, chet davlatlarda bo’layotgan notinchlik holatlari, xavf solayotgan tahdidlar har birimizdan ogohlik, xushyorlikni, atrofimizda bo’layotgan har bir kichik voqea-xodisalarga ham befarq bo’lmaslik kerakligini alohiqa qayd etib o’tdi. Shu mavzuda tayyorlangan videolavha namoyish etilar ekan, xulosa chiqarish yig’ilish ishtirokchilarining o’zlarining ixtiyoriga havola etildi.

   Filmda namoyish etilgan daxshatli urush voqealari, begunoh xalq, murg’ak go’daklarning dinni niqob qilib olib, g’araz niyatlarini amalga oshirayotgan, odamiylik qiyofasini yo’qotgan mal’unlar tomonidan vaxshiylarcha qirib tashlanishi holatlari, binolar portlatilib kultepaga aylantirilishi kabi qabihliklar aks etgan lavhalar har bir inson qalbini junbushga keltirishi shubhasiz.

    Qo’shni davlatlarda hukm surayotgan notinch vaziyat ozod va obod diyorimizga, farovon turmushimizga rahna solmasligi uchun nafaqat chegara qo’shinlari, balki, har bir inson yurtga, xalqqa sadoqat hissini dilda tukkan holda, mas’ul bo’lishi, atrofda bo’layotgan shubhali voqealarga befarq bo’lmasligi kerakligi, zarur bo’lganda, tegishli tashkilotlarga xabar berib, tinchlikni saqlashda faol bo’lish, ogohlik va xushyorlikni oshirish kerakligu alohida ta’kidlab o’tildi.

  Yig’ilishda so’zga chiqqan Zarafshon shahar Ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori U. Nomozov, 3-kichik tuman noziri Sherzod Abdurahmonov, “Oltin vodiy” MFY raisi Sh. Xolmurodovlar o’z ma’ruzalarida diniy ekstrimizm, terrorizm xavfi haqida, ular tufayli ro’y berishi mumkin bo’lgan xunuk holatlarning oldini olish choralari to’g’risida batafsil to’xtalib o’tdi.

  Osuda va farovon hayotimizni ko’ra olmay, alamzada bo’lib turgan nokas kimsalarga g’arazli niyatlarini amalga oshirishi uchun yo’l qo’yib bermaslik, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetib, shukronalik keltirib yashash hissi har birimizning qalbimizdan chuqur joy olmog’i kerak.

     2- maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Qurbonova Sh.A.