Yangiliklar >> “OITS siz sog`lom kelajak sari!”

     Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabida shahar KYoIH  bilan hamkorlikda "OITS siz sog`lom kelajak sari " mavzusi ostida suhbat o`tkazildi. Suhbatda Globallashuv jarayonida insoniyatni vahimaga solayotgan turli kasalliklarning paydo bo`lishi xalqaro miqyosida avj olib borayotganligi barchani birdek tashvishlantirishi lozim ekanligi ta'kidlandi. Ayniqsa, nosog`lom  turmush tarzi, oddiygina e'tiborsizlik oqibatida insonning umriga zomin bo`layotgan OITS kabi bedavo kasallikning avj olib borayotganligi achinarli hol. Bunga ayniqsa yoshlar befarq bo`lmasligi aytib o`tildi.

  Maktabimizda tarbiyaviy soat darslari "OITS-asr vabosi" mavzusi ostida o`tkazildi. 1-4-sinflar o`rtasida rasmlar tanlovi, 5-7-sinflar o`rtasida diktantlar tanlovi, 8-9-sinflar o`rtasida insholar tanlovi o`tkazilib g`oliblar aniqlanmoqda. Shuningdek, shahar "Sog`lom avlod" hayriya jamg`armasi tomonidan o`tkazilgan tanlovda maktabimizning 4-V sinf o`quvchisi Nasriddinova Muqaddas rasmlar tanlovida 1-o`rinni va diktantlar tanlovida 5-G sinf o`quvchisi Amirova Marjona 1-o`rinni egalladi. Hamda jamg`armaning sovg`alarini qo`lga kiritdi.