Yangiliklar >> OITSsiz- sog’lom kelajak sari!

“Odamzotning sog‘lig‘i ko‘p jihatdan avvalombor, uning o‘ziga bog‘liq. Buning uchun u o‘z hayotini oqilona yo‘lga qo‘yishi, har qanday kasalliklarning oldini olish uchun sog‘lom turmush tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim”.                                                                                                                                                                                                                           I.A.Karimov                               

    Zarafshon  shahar 2-umumta’lim maktabida 2016-yil 28 noyabr kuni “OITSsiz- sog’lom kelajak sari!” mavzusida ma’naviy tadbir o’tkazildi. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari SH. To’raboyeva kirish so’zi bilan ochib berdi. Bunday tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsadimiz yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik - deydi o’z nutqida. Maktabning 8-sinf o’quvchilari OITS ning kelib chiqish tarixi, uning salbiy oqibatlari to’g’risida, o’zlarinig she’rlari va sahna ko’rinishlari orqali keng yoritib berishdi. Ular OIV va OITS haqida, OIV virusining yukish yo’llari, kasallikning belgilari hamda OIV infeksiyasi yuqish xavfini kamaytirish chora-tadbirlari to’g’risida ma’lumotlar berishdi. Sog’lom turmush tarziga rioya qilish, axloqan pok bo’lish, umumiy gigiena qoidalariga rioya qilish, shaxsiy gigiena vositalaridan foydalanish OIV infeksiyasi yuqish xavfini kamaytiradi. Tadbir oxirida maktabning biologiya fani o’qituvchisi G.Hotamova bugungi tadbirning ahamiyati haqida gapirib, bu mavzuning dolzarbligini ta’kidladi. Dunyo bo‘ylab tobora yoyilib borayotgan bu illatga qarshi kurashda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi, ayniqsa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati muhim ahamiyatga ega. Chunki amalga oshirilayotgan tadbirlarning samarasi har bir fuqaroning tarbiyasiga, dunyoqarashiga bevosita bog‘liq. 

Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi        G.Hotamova