Yangiliklar >> Olijanob insoniy fazilatlar sohibi

    Zarafshon shahar 2- umumta’lim maktabi faollar zalida har hafta ning juma kunida o’tkazish an’ana tusini olgan Ma’naviyat soati bo’lib o’tdi.

    Ushbu ma’naviyat soatida maktabning barcha pedagog xodimlari ishtirok etdi. Bugungi dars ma’ruzasi muhtaram Birinchi Prezidentimiz, Istiqlolimiz asoschisi sanalmish Islom Abdug’aniyevich Karimovning yorqin xotirasiga bag’ishlandi. Maktabimizning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi B. Rajabova “Olijanob insoniy fazilatlar sohibi” mavzusida ma’ruzali chiqish qildi. Maruzada xalqimizning atoqli farzandi, istiqlolimiz me’mori I. Karimovning zamonamizning ulug’ siyosatchisi, Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga ulkan hissa qo’shgan shaxs sifatida xalqimiz qalbida, yurtimiz tarixida mangu saqlanib qolgan buyuk shaxs sifatidagi insoniy fazilatlar sohibi ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Buyuk jasorat va matonat sohibi bo’lgan Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar AKT vositalari-kompyuter va videoproyektor orqali video roliklar, slayd ko’rgazmalar asosida tinglovchilar e’tiboriga havola etildi.

  

 

Ana shunday uslubda tashkil etilgan ma’naviyat soatlari nafaqat pedagogik jamoada, balki keng jamoatchilik e’tiboriga ham havola etib borilsa, bugunga osoyishta turmushimizga nisbatan shukronalik keltirib yashash tuyg’usi, Buyuk rahnamomizning fidoyilik bilan olib borgan faoliyati misolida Matonat sohibi bo’lmish zamonamiz Qahramoniga nisbatan chuqur hurmat- ehtirom hissini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etishiga shubha yo’q, deb o’ylayman.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Qurbonova Sh. A.