Yangiliklar >> Olov ham do‘st, ham dushman

   Zarafshon shahar XTMFMTTEB ga qarashli 2-umumta’lim maktabida Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2016 yil  14 noyabrdagi 243-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida NKMK YOXTB 1-HYOXO 2-HYOXQism xodimlari jangovor bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” mazmunli tashkil etish maqsadida “Olov ham do‘st, ham dushman ” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni maktab direktori Iskandarova A.S ochib,  quyidagilarni aytib o‘tdi. Barcha o‘qituvchilar va o‘quvchilar yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga  ega bo‘lishlari, uyda elektr toki va gazlardan to‘g‘ri foydalanishlari haqida gapirdi. Respublikamiz hududida joriy yilning 10 noyabrdan 2017 yilning 10 yanvargacha “Yong‘in xavfsizligi kunlari”  o‘tkazilishi va bu oylik yuzasidan maktabimizda bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilganiligi va bugun mana shu reja asosida maktabimizda NKMK YOXTB 1-HYOXO 2-HYOXQism xodimlari jangovor bo‘linmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi 309-sonli Qaroriga asosan, viloyat hokimining  2011 yil 24 noyabrdagi Q-212-sonli qarorlari  asosida Respublikamiz hududida 2016 yilning 10 noyabrdan 2017 yil 10 yanvarga qadar “Yong‘in xavfsizligi kunlari”ni mazmunli tashkil etish maqsadida “Olov ham do‘st, ham dushman” mavzusida tadbir tashkil etilganini ta’kidladi.

              

  

Shundan so‘ng 2-HYOXQism katta muhandisi serjant Sh.X.Normurodov  O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi” qonunining mazmun mohiyati, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining tasnifi, ishlatish tartibi va Respublikamiz hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar tahlilini gapirib o‘tib,  uylarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng 2-HYOXQism boshlig‘i o‘rinbosari katta leytenant I.I.Maxmudov yong‘in o‘chirish avtomabilini taktik texnik xususiyatlarini va yong‘in o‘chirish qurol-aslahalarini imkoniyatlari qo‘llanilish tartibi haqida gapirib o‘tdi. Jangovor bo‘linma xodimlarining ko‘rgazmali chiqishlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

MMIBDO‘:     Mirzaeva H.I.