Yangiliklar >> Ona tili va adabiyoti ta’limida AKTni qo`llash -samaradorlik omili

Ona tili va adabiyot darslarida har bir mavzuni axborot kommunikatsiya va ilg`or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib o`tish katta ahamiyatga ega.Davlat ta’lim standartlarida o`quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish bosh maqsad qilib belgilangan.Buning uchun dars jarayonida elektron darslik, qo`llanma, dars ishlanma, o`quv film,videodarslar,slaydlar va ko`rgazmali materiallar bo`lishi lozim. Dars jarayonida faqat o`tilayotgan mavzuga oid materiallardan – elektron dars ishlanmasi, multimediali vositalar yoki videofilm, o`quv filmlari,didaktik materiallardan foydalanish ta’lim sifati hamda samaradorligini ta’minlaydi. O`quvchi darsni ma’ruza shaklida eshitishdan ko`ra, slaydlar orqali ko`rib, ba’zi mashqlarni bevosita kompyuterda bajarsa, o`zlashtirishi  osonlashadi.   

  Hozirgi kun ta’limining asosiy maqsadlaridan biri dars jarayonida o`quvchilarni faollashtirish orqali ularga bilim olish yo`llarini o`rgatish,ta’lim jarayonida ilg`or pedagogik texnologiya usullarini samarali qo`llashdan iborat.Ona tili darslarida ta’limning interfaol usullaridan foydalanish o`quvchilarda mantiqiy,mustaqil fikrlash ko`nikmalarini shakllantirib, guruhlarda va hamkorlikda ishlashga o`rgatadi.Dars jarayonida ta’limiy o`yinlarni samarali qo`llash orqali o`quvchilarda tezkorlik,topqirlik,sezgirlik,bilim olishga va fanga bo`lgan qiziqishlari yanada oshadi .  

    Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 2016-yil 27-oktabrda ,,Davlat tili haqida’’gi Qonun qabul qilinganligining 27 yilligi hamda ,,Ona tili va adabiyot fanlarini o`qitishda axborot kommunikatsiya va ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati ‘’mavzusida shahar seminari bo`lib o`tdi.Seminarga Zarafshon shahar Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limining uslubchisi Sh.Shodiyeva va shahar maktablarining ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari tashrif buyurdi.Mehmonlar sharqona milliy an’analar asosida kutib olindi.Ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari tomonidan,,Ustoz-shogird’’maktabi an’analari,,,Dars –muqaddas’’tavsiyalari asosida namunali darslar tashkil etildi.Jumladan,boshlang`ich sinf o`qituvchisi R.O`ralova 4-,,G’’sinfida ona tilidan ,,Bo`gin’’mavzusini o`tishda interfaol usullar va ta’limiy o`yinlar, didaktik vositalardan samarali foydalandi.Ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari G.Fayzulloyeva7-,,B’’sinfida ona tilidan ,,Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari’’,G,Hamrayeva 8-,,D’’sinfida ona tilidan ,,So`z birikmasi va qo`shma so`z’’mavzusida, Sh.Sattorova 9-,,A’’sinfida adabiyot fanidan ,,Boburning hayoti va ijodi’’mavzusida namunali darslar tashkil etib, dars jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron darsliklar,videolavhalar,slaydlar va interfaol usullardan,,Aqliy hujum’’,Klaster’’,,,Tushunchalar tahlili’’,,Test-loto’’,,Moychechak’’ guruhlarda ishlashni samarali tashkil etdi.So`ngra maktab faollar zalida fan o`qituvchilari B.Rajabova,D.Musanovalar tomonidan ,,Davlat tili haqida’’gi Qonun qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan,,Ona tilim-yuragimning to`ridagi so`nmas gulim’’mavzusida tadbir tashkil etildi.Tadbirda o`quvchilar tomonidan ona tilimizni ulug`lovchi she’rlar aytilib, xalqona kuy va qo`shiqlar ijro etildi.O`zbek tili tarixiga oid ,,Turkiy tillar shajarasi’’sahna ko`rinishini namoyish etish orqali turkiy tilda ijod qilgan buyuk ijodkorlar Rabg`uziy,Yusuf Xos Hojib,A.Navoiy,Bobur,A.Avloniy,A.Qodiriy siymolari gavdalantirilib,o`quvchilarga ularning asarlari haqida ma’lumotlar berildi.O`zbek tilining boy va qadimiy til ekanligi ta’kidlandi.Tadbir barchaga manzur bo`ldi.Seminar yakunida seminar ishtirokchilarining fikr-mulohazalari eshitildi hamda yosh mutaxassis o`qituvchilarga uslubiy tavsiyalar berildi.Dars jarayonida AKT va IPT larni qo`llash orqali dars samaradorligini oshirishga muntazam e’tibor qaratish ta’kidlandi.    

        Ona tili va adabiyot fanlari uslubbirlashmasi rahbari Muhiddinova D.N.