Yangiliklar >> Ona tilim-iftixorim.

     Bugun maktabimizda ona tili va adabiyoti fan oyligi munosabati bilan fan o`qituvchisi Sattorova Shahnoza Zokirovna va 7-A sinf o`quvchilari o`rtasida "Ona tilim-iftixorim"  mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda o`quvchilar  o`zbek tili tarixi, uning mavqeyi, buguni va kelajagi haqida  bahs yuritishdi. O`quvchilar o`z nutqini ona tili haqida she'rlar, donishmandlarning ibratli fikrlari, maqollar bilan bezadi. Har bir o`quvchi qalbida ona tilining mavqeyi yana bir bor oshdi. tadbirda ona tili va adabiyoti uslubbirlashma o`qituvchilari va maktab kutubxonachilari ishtirok etdi. 


                                                                                                                            Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi       Sattorova Sh.Z.