Yangiliklar >> Orzular og`ushida.

Barkamol avlodni tarbiyalashda tarbiyaviy soatlarning o`rni beqiyosdir. Ta`lim va tarbiyani bir-biridan ajratib bo`lmaydi,-deganlaridek barkamol avlodni tarbiyalash uchun sinf rahbarlari sinf soatlarini o`tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo`lishlari lozim. Tabiyaviy soatlar quyidagi asosiy yo`nalishlarni o`z ichiga oladi: Vatanparvarlik, axloqiy, huquqiy, gigienik, ekologik, estetik, kasbga yo`naltirish tarbiyalari.

O`sib kelayotgan yosh avlodni aqlan barkamol, jismonan sog`lom etib tarbiyalashda tarbiyaviy soatlarning saviyasini oshirish maqsadida maktabimizda “Orzular og`ushida” mavzusida tadbir o`tkazildi.  Bir oylik tadbir davomida 5-8-sinflar o`rtasida diktantlar, insholar, rasmlar tanlovlari, 26 dekabr kuni namunali ochiq tarbiyaviy soatlar o`tkazilib, tanlovning yakuniy natijalariga ko`ra  ijodkor o`quvchi va o`qituvchilarning qobiliyatlari samarali baholash maqsadida  “Eng yaxshi ijodiy ishlar”, “Eng namunali ochiq tarbiy soatlar” tanlovlarida yutuqlarni qo`lga kiritgan g`oliblar maktab ma`muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Ushbu tanlov unda ishtirok etgan har bir o`quvchi va o`qituvchi ongida vatanparvarlik, ogohlik, tanlagan kasbiga sadoqat tuyg`ularini yanada shakllantirishda muhim omil bo`ldi.