Yangiliklar >> Ozod va obod Vatanga baxshida umr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh .M. Mirziyoyevning 2017-yil 25 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risidagi qaroriga ” asosan Zarafshon shahar Axborot - resurs markazida 27-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud topganiga 79 yil to`lishi munosabati bilan “Eng buyuk jasorat sohibiga ehtirom “ deb nomlangan tarixiy ,ilmiy ,badiiy xotira kechasi bo`lib o`tdi. Kechani yuqori saviyada o`tishida 2-umumta`lim maktab o`qituvchilari G.O`rinova, L.Jabborovalar jonbozlik ko`rsatishdi. Tadbirni 2-umumta`lim maktabi direktori A.S.Iskandarova kirish so`zi bilan ochdi. Shu maktabning O`TIBDO`si Matluba Tuydjanova , 9-“B” sinf o`quvchilari, ARM xodimi Aziza Ne`matovalar elim deb, yurtim deb yonib yashagan fidoiy insonning hayot yo`li, qilgan bunyodkorlik ishlari haqida batafsil ma`lumotlar berishdi va insonni to`lqinlantiradigan she`rlar o`qishdi. Shuningdek, 2017 yil 26-yanvarda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasidan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” nomli kitob taqdimoti bo`lib o`tganligi haqida ma`lumot berishdi. Shunga hamohang o`quvchilar birinchi yurtboshimizning so`nggi beshta kitoblarini taqdimot qilishdi .Xotira kechasi ishtirokchisi bo`lgan yoshlar ”O`zbekistondagi har bir o`g`il- qiz mening farzandlarim“- deb ta`kidlashdan charchamagan O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovga munosib farzand bo`lishni dillariga tugdilar .

    

Tarix fani o`qituvchisi O`rinova G.