Yangiliklar >> “Pedagogik grant” loyihalar tanloviga yo`llanma.

    Ma`lumki, 2006-yildan buyon Fond forumning “Pedagogik grant” loyihalar tanlovi o`tkazib kelinmoqda. Viloyat xalq ta`limi boshqarmasining 2013-yil 22-oktabrdagi 01-1868-sonli hamda Xalq ta`limi vazirligining 2013-yil 18-oktabrdagi 01-545-sonli xatlariga asosan, “O`zbekiston madaniyati va san`ati forumi”jamg`armasi tomonidan har yili umumta`lim maktablarida  faoliyat olib boradigan ilg`or pedagoglar  hamda ularning ilmiy tadqiqot ishlari uchun grantlar ajratish yo`lga qo`yilgan.

      Ushbu jamg`arma tomonidan “2013-yil uchun pedagogik grantlar dasturi”ga tanlov e`lon qilingan edi. Navoiy viloyati Zarafshon shahar XTMXFMTTEB ga qarashli 2- umumta`lim maktabida faoliyat ko`rsatayotgan ilg`or pedagoglardan 4 nafari ushbu tanlovda ishtirok etish uchun o`z loyihalarini taqdim etishdi.  Maktabning oliy toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi Qurbonova Sh.A. “Matematika olamiga sayohat” mavzusidagi loyihasi, shuningdek, bosh-lang`ich sinf o`qituvchisi G`aybullayeva H.I. “Boshlang`ich sinf o`qish darslarida og`zaki nutq o`stirish”, mehnat fani o`qituvchisi . Buronova Bozorgul  “Mehnat darslarida amaliy ishlarni tashkil etish uchun ketadigan sarf-xarajatlar”, ingliz tili o`qituvchisi K. To`qsonova esa “Ingliz tili darslarida multimedia va AKT” mavzularidagi  loyihalari bilan qatnashishmoqda.

       Tanlov natijalarini kutib qolamiz.