Yangiliklar >> Qalblarimiz hududlarini omon saqlaylik!

      Zarafshon shahar XTMFMTvaTEBga qarashli 2- umumta’lim maktabida shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Voyaga etmaganlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish muammolari”, “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.  Yig‘ilishni MMIBDO‘ Mirzaeva H.I ochib berdi. Yig‘ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng ma’ruza uchun so‘z shahar prokurori katta yordamchisi N.A. Nurullaevga berildi.

      Hayotda hamma narsa ham to‘la-to‘kis bo‘lavermaydi. Voyaga etmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik har qanday jamiyatda, hatto rivojlangan davlatlarda ham eng og‘riqli muammodir. Chunki hali o‘zini to‘la boshqara olmaydigan, xatti-harakatiga javob berolmaydigan yoshlar atrof-muhitdagi ijtimoiy voqelik ta’sirida huquqbuzarliklar sodir etishi, og‘ir jinoyatlarga qo‘l urishi mumkin. Ko‘pchilik olim va mutaxassislar voyaga etmagan bolalarning jinoyati shartli tushuncha ekanini ta’kidlashadi. Bu qarash asossiz emas. Haqiqatan ham hali aqlan to‘la shakllanmagan, ijtimoiy muhitdagi salbiy omillar ta’siriga tez tushib qoladigan yoshlarning huquqbuzarlik sodir etishida, jinoyatga qo‘l urishida ota-ona, oila, mahalla, bir so‘z bilan aytganda, keng jamoatchilikning ham ma’lum darajada aybi bo‘ladi.

           

      Ba’zi hududlarda voyaga etmaganlar o‘rtasida tarbiyaviy-huquqiy ishlarning sustlashganligi, ular ustidan nazoratning bo‘shligi, bandlik masalalari va boshqa muammolarning etarli darajada hal etilmaganligi oqibatida yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar va jinoiy harakatlar sodir etilishi, giyovandlik va ichkilikbozlikka ruju qo‘yish, diniy fanatizm yoki boshqa salbiy oqimlar va guruhlar ta’siriga tushib qolish hollari ham afsuski uchrab turibdi.

      2015 yilda Zarafshon shahrida voyaga etmaganlar o‘rtasida 10 ta jinoyat sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu raqam 14 tani tashkil etdi. Eng achinarlisi jinoyatni sodir etganlarnin 4 nafari maktab o‘quvchilarini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga binoan, insonning to‘la hajmdagi, to‘la doiradagi muomala layoqati 18 yoshga kirganda vujudga keladi. Yurtimizda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar – voyaga etmaganlar hisoblanadi. Fuqarolik kodeksida voyaga etmaganlarning huquqlari va ularning muomala layoqati belgilab qo‘yilgan.

     Voyaga etmaganlarning huquqlaridan tashqari mas’uliyatlari ham mavjud. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida voyaga etmaganlarning javobgarligi belgilab qo‘yilganligini ta’kidladi.. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.Yig‘ilish qiziqarli savol-javoblar asosida o‘tdi.

MMIBDO`:             Mirzayeva H.I.