Yangiliklar >> Qaldirg’och jamoasi g’olib

      Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida buyuk kelajagimiz bunyodkori bo’lgan navqiron avlodni har jihatdan sog’lom va barkamol etib tarbiyalashning muhim omillari- talim,sog’likni saqlash, sport soxalarini rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda.Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida qizlar o’rtasida sportning ommaviyligini oshirish,o’smir qizlarni sportga jalb qilishga alohida etibor qaratilmoqda.

      Shu munosabat bilan  Zarafshon shahar XTMFMTTEBga qarashli 2-umumta'lim maktabi 9-sinf qiz bolalari o’rtasida "Yoshlar terrorizmga qarshi", "Biz diniy aqidaparastlikka qarshimiz"  shiori ostida "Voleybol" sport musobaqalari o’tkazildi.

    Musobaqani tashkil etishdan maqsad, mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol voyaga yetkazish, bolalar sportini rivojlantirish, qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularni jismonan yetuk, yuksak manaviyatli va intellektual salohiyatli insonlar etib tarbiyalash, o’quvchi qiz bolalar sog’ligini mustahkamlash,qizlar o’rtasida sportni ommalashtirish,maktabdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishga ko’nikma hosil qilishdan iborat. Musobaqada  to’rtta jamoada 6 tadan ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa juda qiziqarli kechdi. Musobaqa natijalariga ko’ra   "Qaldirg’och" jamoasi qizlari faxrli I o’rinni, "To’maris" jamoasi qizlari II o’rinni, "Nafosat" va "Barchinoy izdoshlari" jamoasi qizlari III o’rinni egalladi. G’olib jamoalar maktab mamuriyati tomonidan "Diplom" va "Faxriy yorliqlar" bilan taqdirlandi.

 

jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi:  Narzieva D.Q.